YURI Garold Kleyton

YURI Garold Kleyton (1893.29.4, Uolkerton, Indiana shtati — 1981.6.1) — amerikalik fizikkimyogar. AQSH Milliy FA aʼzosi (1935-yildan). Montana un-tini tugatgan (1917), Berklidagi Kaliforniya un-ti (1921-yildan), Baltimordagi J. Xopkins un-ti (1924-yildan), Nyu-Yorkdagi Kolumbiya un-ti (1934-yildan) prof. 1945-yildan Chikago untida, 1958 — 70 yillarda San-Diyegodagi Kaliforniya untida (1972-yildan faxriy prof.) ishlagan. Asosiy ilmiy ishlari izotoplar kimyosi, geo va kosmokimyoga oid. Spektroskopiya usulini qoʻllab deyteriyxt ochgan (1932, F. Brikvedde va G. Myorfi bilan hamkorlikda). Uran235 va uran238 izotoplarining boʻlinish usullarini ishlab chiqqan. Uning lab. da suv bugʻlari, vodorod va ammiak bilan metan aralashmasi orqali elektr yoyi oʻtkazilganda aminokislotalar hosil boʻlib, ularni atmosferada ham sintez qilish mumkinligi isbotlangan (1950). Nobel mukofoti laureati (1934).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x