​​Yurak haqida qiziqarli faktlar

Inson yuragi sirlarga to’la. Yoshi kattalarda u o’rtacha 300 gramm bo’lsa, chaqaloqlarda taxminan 22 gramm og’irlikka ega. Ya’ni tana vaznining 0,8 foizini tashkil qiladi;

Yurak hajmini tushuntirish uchun oddiy va azaliy usul qo’llaniladi – mushtingizni tuging, yuragingiz hajmini bilib olasiz. Endi o’sha mushtingiz orasiga tennis koptokchasini olib bor kuchingiz bilan siqing va yurak qanday kuch bilan ishlashini anglaysiz;

Kattalarda minutiga yurak urishlar soni 60-85 ta bo’lsa, chaqaloqlarda bu ko’rsatkich 150 tagacha yetadi;

Ayollar yuragi erkaklarnikiga nisbatan tezroq uradi;

Inson o’rtacha umri davomida yurak qon tomirlar orqali taxminan 1,5 mln barrel qon haydaydi. Oddiyroq tushunish uchun bu 200 sisterna(vagon)ga teng;

Yurakni quvvatlantirish, sog’lom saqlash uchun yaxshi kayfiyat zarurligi allaqachon o’z isbotini topgan. Masalan – kulgi tomirlar tarangligini pasaytiradi, bu esa qon aylanishini yaxshilaydi.

milliycha.uz

5 2 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x