Alisher Navoiy haqida qiziqarli malumotlar

Nizomiddin Mir Alisher Navoiy 1441 yilning 9 fevralida Hirotning Bog‘i Davlatxona mavzeyida, temuriylar xonadoniga yaqin bo‘lgan davlat xizmatchisi G‘iyosiddin Bahodir oilasida tavallud topgan.

Tarixchi Mirxond «Ravzatus-safo» asarida yozishicha, Amir Alisherning bobosi Amir Temurning o‘g‘li Umarshayx bilan emikdosh bo‘lgan. Quyida e’tiboringizga Alisher Navoiy hayotiga taalluqli qiziqarli fakt va ma’lumotlarni taqdim etamiz.

1 — Navoiy o‘zi barpo etgan madrasalarning mudarrislari, talabalari, hatto oshpaz va farroshiga ham sersaxovatlik bilan maosh to‘lab yurgan. Eng ilmli talabalarga shaxsan Navoiyning o‘zi oyiga 24 oltin pul va yiliga besh qop oshlik bergan. O‘sha vaqtda talabaning bir oylik nafaqasiga 5ta semiz qo‘y olish mumkin bo‘lgan.

2 — Navoiy hazratlari 7 yoshida Farididdin Attorning «Mantiqut-tayr» asarini yoddan bilganlar.

3 — Alisher Navoiy turkiy tilda yozgan she’rlariga Navoiy, forsiy tildagi she’rlariga Foniy deb taxallus qo‘yadi. Shoirning forsiy she’rlar to‘plami «Devoni Foniy» deb nomlangan.

4 — Navoiy taxminan 18-19 yoshlarida Abdurahmon Jomiy bilan tanishadi. Jomiy uni ham farzand, ham shogird sifatida qadrlaydi. Keyinchalik bu ikki ulug‘ shoir o‘rtasidagi ustoz va shogirdlik munosabatlari yanada mustahkamlanib, ijodiy hamkorlikka aylanadi.

5 — Samarqand Navoiyning hayoti va ijodida muhim ahamiyat kasb etadi. Alisher 1464 yilda Samarqandga keladi va bu yerda madrasada tahsil olib, ilm-fan, adabiyot va san’at bilan tanishadi.

6 — Navoiy o‘z jamg‘armasi hisobidan Hirotda va butun Xuroson mamlakatida 300 dan ortiq inshootlar qurdirgan.

7 — Navoiy asarlarida Farhod – komil inson timsolidir. U bolaligidan ilmga chanqoq bo‘ladi va bir marta o‘qigani sira yodidan chiqmaydi. Farhod o‘n yoshga yetganda hamma ilmlarni egallab bo‘ladi.

8 — Navoiyning sevgilisi sifatida tasvirlanadigan «Guli» ismi faqat xalq og‘zaki ijodida, Navoiy haqidagi rivoyat va afsonalarda uchraydi xolos. Guli nomi Navoiyning hayoti haqida ma’lumot beruvchi yozma manbalarning hech birida uchramaydi.

9 — Alisher Navoiy o‘smirlik yillarida o‘zi sevgan shoirlarning 50 ming baytdan ortiq she’rlarini yod bilgan.

Alisher Navoiyning bobolari shoir, musiqachi va xatot bo’lgan

10 — Alisher Navoiy ijodkor ziyolilar oilasida tug‘ilgan. Uning bobosi Abu Said shoir bo‘lgan. Ikkinchi bobosi Muhammad Ali esa musiqachi va xattot sifatida tanilgan.

11 — Navoiy huvillab yotgan Guzurgoh dashtini 4-5 yil ichida obod maskanga, serhosil yerga, ko‘rkam qishloqqa aylantirgan. Buni ko‘rgan Husayn Boyqaro hayratdan yoqa ushlagan.

12 — Navoiy me’ros sifatida otasidan qolgan o‘ziga tegishli sarmoyani tadbirkorlik bilan ishlatib, qisqa muddatda boyib ketgan. U, asosan, bog‘u-rog‘lar yaratgan, dehqonchilik ishlariga e’tibor qaratgan. Navoiy hazratlariga tegishli barcha yerlar 500 jeribni tashkil etgan. Olingan daromadlar madaniy-ma’rifiy inshoatlar, obod manzillar barpo etishga, xayriya ishlariga, ilmga sarflangan.

13 — Alisher Navoiy «muqarrabi hazrati sultoniy» («sulton hazratlarining eng yaqin kishisi») degan unvonni olgan. Unvon Navoiyga davlatning barcha ishlariga aralashish huquqini bergan.

14 — 7 yoshli Nizomiddin Mir Alisher buyuk muhaddisimiz Buxoriy hazratlarining olti mingdan ziyod hadisi shariflarini yod bilgan.

15 — Navoiy bir gal Husayn Boyqaroning davlat xazinasida xarajatlar ko‘payib ketgan paytda, soliqlar xalqdan yig‘ilsa, ahli muslimga jabr bo‘lur, deya o‘z hisobidan 25000 dinorni to‘lab yuborgan.

16 — Navoiyning otasidan qolgan me’ros, o‘ziga davlat amaldori sifatida ajratilgan molu mulk va yerlardan keladigan daromad kuniga 18000 shohruhiy dinorni tashkil etgan.

17 — Turkiy tilni qayta tiriltirgani Navoiyning ma’naviyatimiz uchun ulkan jasorati bo‘lgan. Zahiriddin Muhammad Bobur «Turkiy til bila to she’r aytibdurlar, hech kim oncha ko‘p va xo‘b aytqon emas», — deb yozsa, Husayn Boyqaro «Mir Alisher turk tilining o‘lik jasadig‘a Masih nafasi ila jon ato etdi» deb ta’kidlagan.

18 — Navoiyga tegishli savdo rastalari ham bo‘lgan, ular eng gavjum bozorlarda joylashgan. Ushbu savdo rastalarida toshu tarozining to‘g‘riligi, xaridor haqiga xiyonat qilmaslik, olib kelingan molga yo‘l xarajatlaridan tashqari ortiqcha pul qo‘ymaslikni shaxsan Navoiy hazratlarining o‘zlari nazorat qilib turganlar.

19 — Alisher Navoiy Naqshbandiyning so‘fiylik tariqatida bo‘lgan. Uning so‘fiylik falsafiy-estetik qarashlari «Lison ut-Tayr» asarida aks etgan.

20 — Buyuk Sulaymon Navoiy ijodini yuqori baholagan va o‘z kutubxonasida uning qo‘lyozmalarini va asarlarini saqlagan.

21 — Navoiyning ilmga bo‘lgan ishtiyoqi erta uyg‘onib, 4 yoshida maktabda ta’lim ola boshlagan.

22 — Navoiy 3 marta haj ziyoratiga otlangan. Lekin turli sabablar bilan unga hajga borish nasib qilmagan.

Mir Alisher Navoiy g’azallarini 7-8 yoshidan boshlab yozgan

23 — Mir Alisher 7-8 yoshlaridan boshlab g‘azallar yoza boshlagan.

24 — Dunyoda Alisher Navoiyga qo‘yilgan bir nechta yodgorlik mavjud: Moskva, Navoiy, O‘sh, Toshkent, Samarqand, Boku, Tokio, Shanxay. Vashingtonda ham Navoiyga yodgorlik o‘rnatish rejalashtirilgan.

25 — Alisher Navoiy turkiy tilni forsiy tili bilan birga ijodga olib kirgan. Unga qadar hech kim turkiy tilda ijod qilmagan.

26 — Alisher Navoiy 16 ta adabiy janrda ijod qilgan. Navoiy turkiy tilidagi ilk «Xamsani» 2 yil davomida yozadi. Dunyoning 64 tilga tarjima qilingan bu asar 51 ming misradan ortiq. Shoirning lirik merosi umumiy hajmi 50000 misradan ortiq «Xazoyinul-maoniy» nomli to‘rt devon (1491—1498)ga jamlangan.

27 — Navoiy otasidan qolgan mol-mulkni, to‘plagan jami boyliklarini xalq uchun 300dan ziyod inshoat barpo etishga sarflagan.

28 — Navoiy Hirotdagi Injil anhori bo‘yiga hovli qurdirgan. Uning maydoni 30 jerib (0,25 sotix)dan iborat bo‘lgan. Mehmonxonada 100 dan ziyod odamga dasturxon yozsa bo‘lar ekan.

29 — Alisher Navoiy o‘n besh-o‘n olti yoshlarida ham turkiy, ham forsiyda ijod qiladigan «ikki tilli» shoir sifatida tanilgan.

30 — Navoiy ikki taxallus ostida ijod qilgan. U Navoiy taxallusi ostida turkiy tilda ijod qilgan bo‘lsa, forsiy tildagi ijodi Foniy taxallusi bilan tanilgan.

31 — 1469 yili Navoiy do‘sti Husayn Boyqaroning taxtga chiqishi munosabati bilan 90 baytdan iborat «Hiloliya» qasidasini yozadi («hilol» – yangi chiqqan oy).

32 — 2009-yilda Merkuriydagi krater Alisher Navoiy sharafiga nomlangan.

33 — Alisher Navoiy 1501 yil 3 yanvarda vafot etdi. Uni dafn etish chog‘ida maydalab yomg‘ir yog‘ib turgan edi. Buni tarixchi Xondamir «hatto tabiat ham motam tutdi» deya ta’riflagan.

Manba: uzbaza.uz

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x