YUNUSXOʻJAYEVA

YUNUSXOʻJAYEVA Tuygʻunoy (1922.26.7 — Toshkent — 1998.16.11) — diktor. Oʻzbekiston xalq artisti (1953). Toshkent pedagogika intini tugatgan (1958). 1940-41 y. lar Radio qoʻmitasida diktor, beriladigan eng muhim eshittirishlar, mumtoz va zamonaviy sheʼriyat boʻstoni, shuningdek, adabiy namunalarni kuchli hisʼhayajon, aniq talaffuz, shirali ovoz va mahorat bilan oʻqigan. Navoiy, Bobur gʻazallari, Umar Xayyom ruboiylari, Nodirabegim, Uvaysiy, Furqat, Lutfiy, Zebunniso lirikasi Yunusxoʻjayeva ijrosida Oʻzbekiston radiosining oltin fondiga qabul qilingan. Yu. Oʻzbekistonda badiiy nutq madaniyatini oshirishga katta hissa qoʻshgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x