YUNUSOVA Hasana Ahmadjonovna

YUNUSOVA Hasana Ahmadjonovna (1918.31.12, Namangan) — infeksionist, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1967), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan vrach (1950), tibbiyot fanlari d-ri (1955), prof. (1956). ToshTI pediatriya f-tini tugatgach (1938), shu in-t gospital pediatriya klinikasida ordinator (1938—39), yuqumli kasalliklar kafedrasida aspirant (193942), assistent (194244; 194651). Toshkent viloyati Yangiyoʻl tumani vrachlik uchastkasi mudiri (1944 — 46). ToshTI bolalar yuqumli kasalliklari (1954—72), keyinchalik shu in-t yuqumli kasalliklar kafedrasi mudiri (1972-yildan). Ilmiy ishlari, asosan, brutsellyoz, oʻlka patologiyasiga, Oʻzbekiston sharoitida yuqumli kasalliklarning oʻziga xos kechishi va bu kasalliklarning rivojlanishini oʻrganishga, ularning diagnostika va davolash usullarini takomillashtirish va boshqalarga oid.

As: Vaksinoterapiya pri brutsellyoze, T., 1958; Bolezn Botkina u detey, T., 1970; Virusnne infeksii u detey, T., 1975.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x