YUNUSOV Ravshan Yusupovich

YUNUSOV Ravshan Yusupovich (1949.20.7, Toshkent) — musiqashunos; Oʻzbekiston Respublikasi sanʼat arbobi (1999), sanʼatshunoslik fanlari nomzodi (1983), prof. (2002). Toshkent konservatoriyasini tugatgan (1974). Shu konservatoriya (2002-yildan Oʻzbekiston konservatoriyasi)da oʻqituvchi (1979-yildan), ft dekani (1983—87), kafedra mudiri (1989—92 va 2002-yildan), ilmiy ishlar boʻyicha prorektor (199296), rektor (19972002), 1996—97 yillarda OʻzR Madaniyat ishlari vazirining oʻrinbosari. 1995-yildan Oʻzbekiston Bastakorlari uyushmasi raisi oʻrinbosari. Ilmiy asarlari maqomot va oʻzbek maqom sanʼati (mas, «Maqomlar va mugʻomlar», T., 1992), 20-asr oʻzbek musiqa namoyandalari (F. Mamadaliyev, Faxr. Sodiqov, M. Tojiyev, Hab. Rahimov, M. Mahmudov) ijodiyoti va ilmiy meros (I. Rajabov) masalalariga bagʻishlangan. «Solfejio» (T., 2004, O. Ibrohimov bilan) kabi darslik va oʻquv qoʻllanmalari muallifi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x