YUMSHOQ TANALI TOSHBAQALAR

YUMSHOQ TANALI TOSHBAQALAR, yumshoq terili toshbaqalar — chuchuk suv toshbaqalari oilasi. Tanasi va yassilashgan suyak sovuti (uz. 25—90 sm) yumshoq teri bilan qoplangan. Muguz qalqoni boʻlmasligi tufayli teri orqali nafas olishda ishtirok etadi. Tumshugʻi choʻziq yumshoq xartumchaga aylangan. Xartumi uchida burun teshigi joylashgan. Oyoq panjalari keng. Barmoqlari orasida suzgich parda bor. 7 urugʻi va 70 turi maʼlum.

Janubiy Sharqiy Osiyo, Afrika va Shim. Amerika daryolarida tarqalgan. Amur daryosi havzalarida uzoq sharq toshbaqasi uchraydi. Yumshoq tanali toshbaqalar — yirtqich, serharakat, asosan, baliqlar va mollyuskalar bilan oziqlanadi. 20 dan 70 gacha tuxum qoʻyadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x