YUKSAK USIMLIKLAR

YUKSAK USIMLIKLAR — evolyutsion taraqqiyot natijasida murakkab morfologik tuzilishga ega boʻlgan, tanasi poya va bargga differensiyalangan oʻsimliklar. Ularda koʻp hujayrali murtak (embirion) hosil boʻladi. Yuksak usimliklarga xos belgilardan biri jinsiy (gametofit) va jinssiz (sporofit) nasllarning gallanishidir. Yuksak usimliklar 3000 ga yaqin turdan iborat 9 boʻlimni oʻz ichiga oladi. Bularga: riniotoifalar zosterofiltoifalar, yoʻsintoifalar, plauntoifalar, psilotoifalar, qirqboʻgʻimtoifalar, qirqquloqtoifalar, qaragʻaytoifalar, magnoliyatoifalar kiradi. Yuksak usimliklar tanasining murakkab tuzilganligi, yerda oʻsishga moslashganligi, jinsiy va jinssiz koʻpayishi bilan tuban oʻsimliklardan farq qiladi. Yuksak usimliklar sporofitida koʻp hujayrali sporangiylar hosil boʻlib, ularda harakatsiz sporalar yetishadi. Gametofitshxa jinsiy organlar paydo boʻladi. Sporofit, odatda, barg, poya va ildizga boʻlingan. Koʻpincha Yuksak usimliklarda oʻtkazuvchi toʻqimaksilema va floema rivojlangan. Epidermis, kutikula va bargida ogʻizchalar boʻlishi Yuksak usimliklar uchun xos. Yuksak usimliklar birorta dengiz suvoʻtlaridan kelib chiqqan, deb taxmin qilinadi. Yuksak usimliklarning qazilma qoldiqlari silur davridan maʼlum.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x