Yugantepa


Post Views:
196

YUGANTEPA – shahar xarobasi (4–13-asr boshi). Yangiyo‘l shahri janubida, Niyozboshi qishlog‘i shimoli-sharqida joylashgan. Dastlab (1934) G.V. Grigoryev qayd etgan. So‘ngra Toshkent viloyati o‘lkashunoslik muzeyi (1953–54), Yu.F. Buryakov (1967–70) tekshirgan. Yugantepa hududida dastlab (Qovunchi II davrida) yumaloq shakldagi istehkom qad ko‘targan, uning atrofida 6–7-asrlarda atrofi devor bilan o‘ralmagan yirik qishloq vujudga kelgan. 7-8-asrlarda tanazzulga yuz tutgan, keyinchalik, 9–10-asrlardan qayta tiklangan, atrofi mustahkam devor bilan o‘ralgan; markaziy ko‘chalar bo‘ylab turar joy, hunarmandchilik (kulolchilik, xumdonlar, temirchilik) ustaxonalari joylashgan. Umumiy maydoni 20 gektar. 12–13-asr boshida Yugantepada hayot ravnaq topgan, lekin mo‘g‘ullar bosqini tufayli vayron bo‘lgan. O‘rta asrlarda Yugantepa o‘rnida Danfig‘onkat shahri bo‘lgan.

«Toshkent» ensiklopediyasi. 2009 yil

https://shosh.uz/uz/yugantepa-2/

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x