YOZISHMA SIRLIGI

YOZISHMA SIRLIGI — insonning konstitutsiyaviy huquqlaridan biri. Yozishma sirligi pochta va telegraf orqali barcha joʻnatmalar (xatlar, telegrammalar, posilkalar, oʻtkazmalar), telefonda soʻzlashuv va b. xabarlarning daxlsizligini; yozishma va xat-xabarlarni ochib koʻrish va ular mazmunini oshkor etish taqiqlanishini bildiradi. Oʻzbekistonda jinoyatchilikka qarshi kurash, jamoat tartibotini va davlat xavfsizligini taʼminlash maqsadlarida qonunda koʻzda tutilgan hollardagina Yozishma sirligini cheklashga yoʻl qoʻyiladi. OʻzR Konstitutsiyasi 27-moddasiga binoan, qonun nazarda tutgan hollardan va tartibdan tashqari, hech kim yozishmalar va telefonda soʻzlashuvlar sirini oshkor qilishi mumkin emas.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x