Yozilmagan asarlardan parchalar

Emil KROTKIY

 

***

Aks – sado hamma savollarga javob qaytaradi, ammo savollar bilan-da.

 

***

Yaxshi hikoya qisqa boʻlishi kerak. Yomoni undan ham qisqa.

 

***

Har qanday balchiq shifobaxsh emas.

 

***

Shlyapani boshga qarab tanlashadi, aksincha emas.

 

***

Yomgʻirli havoda chiqqanligi uchun ham… qoʻziqorinlar soyabon (yomgʻirpoʻsh) shakliga ega.

 

***

Ayollar dissertatsiyaga oʻxshaydi: ularni himoya qilish kerak.

 

***

Dam olishdan qaytgach, maqtandi: boshligʻimiz bilan bitta dengizda choʻmildim.

 

***

Ikki kishilashib yozishdi, shuhrat esa bittasiga ham yetmadi.

***

Dengiz suvining shoʻrligiga ishonch hosil qilish uchun uning hammasini ichish shart emas.

 

***

Chumchuqning nazarida avtomobilm otga nisbatan unchalik takomillashmagan: u goʻng bermaydi.

 

 

***

Kasalliklarni uzoq qarindoshlar ham meros qilib olish huquqiga ega.

 

***

Pyesada va zalda boʻsh joylar koʻp edi.

 

***

Oʻzining kichkina oilasi uchun u katta odam edi.

 

***

Hayot maktablarida oʻzlashtirolmaganlarni qayta bosqichda oʻqishga qoldirishmaydi.

 

***

Oʻzidan baland turganligi uchun ham, togʻlarni yoqtirmasdi.

 

***

Donishmandlar va tish shifokorlari ildizga qarashadi.

 

***

Hikoya shunchalik qisqa ediki, muallifning isteʼdodsizligini zoʻrgʻa yopib turardi.

 

***

Hayotga yengil munosabatda boʻlish uni ogʻirlashtiradi.

 

***

Uning omadi keldi: uni urib yuborgan “Tez tibbiy yordam” mashinasi edi.

 

***

Noxush telegrammalar hamisha kechikmasdan yetib keladi.

 

***

Har xil usulda suzishadi. Choʻkish esa bir xil.

 

***

Koʻzoynak doʻkonida: “Janob, sizning koʻzingiz bu oynaklarga toʻgʻri kelmayapti”.

 

***

Tish ogʻrigʻi arzimagan narsa, agar ogʻriyotgan tish boshqaniki boʻlsa.

 

***

Hajviy jurnal: “Hazildan tashqari”

 

***

Shaharlik bola. Toʻrt oyoqlilardan faqat stulni koʻrgan.

 

***

Agar oʻgʻrilar koʻpchilikni tashkil etganda halollik jinoyat kabi jazolanadigan boʻlardi.

 

***

Qariyalarga ularning yoshligida pillapoyalar bunchalik tik boʻlmaganday tuyuladi.

 

***

Maymundan kelib chiqqanligini bilardi, ammo, aynan qaysinisidanligini eslolmasdi.

 

***

Qora ishlar bilan ham oq nonga pul topishadi.

 

***

Biz u bilan parallel chiziqlarga oʻxshardik: yonma yon borardik, lekin kesishmasdik.

 

***

– Siz andak shoshmay turing. Besh minutlik yigʻilishimiz qirq minutdan ortiq choʻzilmaydi.

 

***

Turmush ongni belgilaydi, ichish uni loyqalashtiradi.

 

***

Yengil-yelpi aloqalardan ogʻirroq narsa yoʻq.

 

***

Qurt olma unga yashash joyi uchun yaratilganligiga ishonardi.

 

***

Men yuz grammdan ortiq ichmayman. Ammo yuz gramm ichgach, boshqa odamga aylanaman, oʻsha boshqa odam juda koʻp ichadi.

 

***

Shifokor ichishni taqiqlagani uchun alamidan ichdi.

 

***

Omading yurishmagan shahar, arxitekturasi boʻyicha ham, qiziqarli emasga oʻxshayveradi.

 

***

Ibratni boshligʻidan, porani qoʻl ostidagilardan olardi.

 

***

Odamlar orasidagi munosabatlarda yolgʻon mashina uchun moyga oʻxshaydi: u qarshilikni kamaytiradi.

 

***

Hech narsa oʻqimadi. U oʻquvchi emas, yozuvchi edi.

 

Ruschadan

Habib SIDDIQ

tarjimasi

 

“Ijod olami”, 2017–5

https://saviya.uz/ijod/nasr/yozilmagan-asarlardan-parchalar/

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x