YoSHLIK

«YoSHLIK» — yoshlarning ijtimoiyadabiy jurnali. Toshkentda oyda 1-marta chiqadi. Muassislari: Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati. Dastlab 1982-y. tashkil etilgan. 1991-y. da hoz. nom bilan qayta tiklandi. Jur. yosh isteʼdodlarni kashf etish, oʻzbek va jahon adabiyotining eng sara asarlarini eʼlon qilish borasida bir qator xayrli ishlarga qoʻl urdi. Jur. sahifalarida yangi badiiy asarlar b-n bir qatorda bugungi yeshlarning orzuumidlari, oʻytashvishlari, maʼnaviyati, dunyoqarashlari haqida baqs yurituvchi maqolalar va suhbatlar muntazam berib boriladi. Muharriri — Abduqayum Yoʻldoshev (1999-y. dan). «Yoshlik»da turli davrlarda Erkin Vohidov, Omon Matjon, Gʻaffor Hotamov. Tohir Malik, Sobir Oʻnar muharrirlik qilishgan. Adadi 10000 (2002).

1 1 голос
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x