YORUGʻLIK TEXNIKASI

YORUGʻLIK TEXNIKASInur (infraqizil, ultrabinafsha va koʻrinadigan nurlar) energiyasini hosil qilish, taqsimlash va undan foydalanish hamda yorugʻlik energiyasini boshqa tur energiyaga aylantirish masalalari bilan shugʻullanadigan fan va texnika sohasi. 17a. dan boshlab kuchli yorituvchi shamlar ishlab chiqildi. 18a. oxiri, 19a. boshidan kumir gazidan isitish va yoritishda foydalana boshladilar. 19a. oxirlariga kelib, elektr lampochkalar paydo boʻldi. Avval Yorugʻlik texnikasi, asosan, koʻzga koʻrinadigan nurlar va yorugʻlikdan foydalanish bilan chegaralanib kelar edi. Yorugʻlik texnikasining koʻzga koʻrinadigan nurlarni oʻlchash bilan shugʻullanadigan sohasi fotometriya, yorugʻlik spektridagi barcha nurlarni (infraqizil va ultrabinafsha, rentgen, a, rnurlarni ham) oʻlchash bilan shugʻullanadigan sohasi radiometriya deyiladi. Yoritish manbalaridan olinadigan nur energiyasi yoritishda, yorugʻlik signallari hosil qilishda, proyeksiyalash va nur berish texnikasida qoʻllaniladi. Yorugʻlik texnikasining eng qadimgi, yaxshi oʻrganilgan sohasi yoritish texnikasidir; bunda binolarni, ishlab chiqarish maydonlarini, sexlar, koʻchalarni, istirohat bogʻlari, teatr sahnalarini yoritish va b. masalalar ishlab chiqiladi. Yorugʻlik signallari texnikasiga koʻrinadigan turli rangli signallarni uzatishda qoʻllaniladigan asboblar kiradi. Proyeksiyalash texnikasi proyeksiyalashda foydalaniladigan yorugʻlik asboblarini qoʻllash masalalarini ishlab chiqadi. Yorugʻlik texnikasining bu sohasi kinoning rivojlanishi munosabati b-n toʻla kinotexnika sohasiga aylandi (q. Kinoproyeksion apparat). Hyp berish texnikasi turli obyektlarni koʻrinadigan yoki koʻrinmaydigan nurlar (yoki aralash nurlar) bilan nurlatish uchun moʻljallangan asboblarga asoslanadi. Oʻsimliklarning oʻsishini kuchaytirish uchun ular, asosan, katta lampochkalar bilan nurlatiladi. Spektrning optik sohasidagi nur energiyasi tibbiyotda qoʻllaniladi. Yorugʻlik texnikasi ishlab chiqarish estetikasida juda muhim oʻrin tutadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x