YORONGUL

YORONGUL, xushboʻy yorongul (Pelargonium roseum Willd.) — yoronguldoshlar oilasiga mansub bir yillik yoki koʻp yillik oʻt yoki chala buta, efir moyli va manzarali oʻsimlik. Oʻrta Dengiz sohillarida, Zakavkazye va Oʻrta Osiyoda (21 ga yaqin turi bor) tarqalgan. Yovvoyi turi chul, adir va togʻ zonalarda uchraydi. Bargi panjasimon, baʼzida patsimon ajralgan, mayda kertikli, chiroyli. Turiga qarab guli och qizil, qavorang, nim jigarrang, toʻq qizil rangda. Yorongulning yer ustki qismida oshlovchi moddalari mavjud turlari ham bor. Uning yashil bargidan va gulidan xushboʻy efir moyi olinadi. Ayrim turlari xalq tabobatida dori sifatida ishlatiladi. Istirohat bogʻlarida, xonadonlarda gul sifatida oʻstiriladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x