YORGʻU — 1) oʻrta asrlarda (jumladan, Moʻgʻullar va Temuriylar davlatida) fuqarolarning turli daʼvo va shikoyatlariga oid yoki jinoiy ishlarni koʻrib, tegishli hukm chiqaradigan davlat organi, mahkama, sud;
2) mahkama, sud chiqargan hukm;
3) Xiva xonligshxa jazo maʼnosida qoʻllangan atama. Chingizxon Yasasn asosida chiqarilgan sud qarorini rasmiylashtiradigan yorliq — Yo. noma deb atalgan.