RODARI

RODARI (Rodari) Janni (1920.23.10, Omenya — 1980.15.4) — italyan yozuvchisi. Qarshilik koʻrsatish harakati qatnashchisi. Ilk «Quvnoq sheʼrlar kitobi» (1951) toʻplami bolalar hayotiga bagʻishlangan. Yengil vaznli hajviy oʻynoqi sheʼrlari, nasriy asarlari folklor anʼanalari ruhida. «Chipollinoning boshidan kechirganlari» (1951) ertakqissasi ayniqsa mashhur.

Asar qahramonining afsonaviy mamlakatdagi gʻaroyib sarguzashtlari fantaziya va hajv unsurlari vositasida yoritilgan. «Fantaziya grammatikasi» (1973) kitobi muallifi. «Chipollinoning boshidan kechirganlari» (1955), «Salom bolalar» (1956), «Jelsomino yolgʻonchilar mamlakatida» (1962), «Telefonda aytilgan ertak» (1971) va b. asarlari oʻzbek tilida nashr etilgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x