YOQUT

YOQUT — mineral, tarkibida oz miqdorda (2% gacha) xrom ionlari (SgZ+) boʻlgan korund (A12O3)ning qizil rangli turi. Rangi och pushtidan toʻq qizilgacha. Birinchi toifali qimmatbaho toshlar turkumiga mansub. Shim. Myanmaning Yoqut konlari qadimdan maʼlum boʻlib, Urta Osiyo va Yevropaga ham shu yerdan keltirilgan. Badaxshondagi Yoqut koni juda mashhur boʻlgan. 18a. da Urta va Jan. Uraldagi sochmalarda ham topilgan. Eng katta konlari Myanma, Tailand, Shri Lanka da. Yoqutning yirik shaffof xillari sunʼiy yoʻl bilan olinadi. Sunʼiy Yoqut soat mexanizmlari, kvant elektronikasi hamda zargarlikda ishlatiladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x