YOPIQ TELEVIZION TIZIM

YOPIQ TELEVIZION TIZIM — uzatuvchi kameralari qabul qiluvchi qurilmalar bilan mahalliy aloqa kabel liniyalari yordamida tutashgan televizion tizim. Tasvir va tovush signallarini uzatuvchi televizion eshittirish tizimlaridan Yopiq televizion tizimning farqi shuki, unda faqat tasvir signallari uzatiladi. Uning uzatish kamerasida ogʻdirish tizimi boʻlgan uzatuvchi kamera (superortikon yoki vidikon) va videosignallarni oldindan kuchaytirgich qurilma joylashtirilgan. Kamera masofadan turib yoki avtomatik tarzda boshqariladi. Ulardan eng oddiysi bir kanalli Yopiq televizion tizim hisoblanadi. U uzatuvchi kamera va qabul qiluvchi qurilmalardan iborat. Uzatuvchi va qabul qiluvchi trubkalarning ogʻdiruvchi tizimlariga qabul qiluvchi qurilmada joylashgan umumiy generatordan tok keladi. Yopiq televizion tizimdan sanoatda, transportda, tibbiyot va b. da turli amaliy masalalarni yechishda foydalaniladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x