YONUVCHI ARALASHMA

YONUVCHI ARALASHMA — dvigatellarda yonilgʻi bilan havo (oksigen)ning maʼlum nisbatdagi aralashmasi. Yonuvchi aralashma karbyuratorli ichki yonuv dvigateli (IYOD) da silindrdan tashqarida (karbyuratorda) benzin bugʻlari bilan havo (oksigen)dan, gaz b-n ishlaydigan IYOD da gaz bilan havodan, dizel dvigatellarida silindrga kiritilgan qisilishidan qizigan havo b-n unga purkalgan dizel yonilgʻisidan hosil boʻladi. Yonuvchi aralashma tarkibidagi 1 kg yonilgʻiga toʻgʻri keladigan havo (oksigen) miqdoriga qarab, meʼyordagi (1:15), suyuq (1:18), suyuqlashgan (1:16,5), quyuklashgan (1:13) va quyuq(1:12) xillarga boʻlinadi. Bu miqdor IYODga tushadigan yuk (nagruzka)ga qarab tanlanadi. Mas, dvigatelni ishga tushirishda quyuq, ortiqcha yuk b-n ishlashda (tepalikka koʻtarilishda) quyuklashgan, tekis yoʻlda bir maromda harakatlanishda meʼyordagi (normal), pastlikka tushishda suyuqlashgan va salt ishlashda suyuq Yonuvchi aralashma hosil qilinadi. Avtotraktor dvigatellarida sovuq dvigatelni ishga tushirishda soʻriladigan havo yoʻlini toʻsib (zaslonka yordamida), boshqa hollarda esa akselerator tepkisi (pedali)ni bosib boʻshatib Yonuvchi aralashma miqdori rostlanadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x