YONISH KAMERASI

YONISH KAMERASI — gazcimon, suyuq yoki qattiq yoqilgʻilarni yoqish uchun moʻljallangan boʻshliq. Davriy ishlaydigan (porshenli ichki yonuv dvigateli) va uzluksiz ishlaydigan (gaz turbinali dvigatel, turboreaktiv dvigatel) suyuklikli raketa dvigatellari va b. xillarga boʻlinadi. Porshenli ichki yonuv dvigatel i da silindr qopqogʻi bilan yuqori (eng chekka) holatdagi porshen asosi oraligʻi Yonish kamerasi hisoblanadi. Yonish kamerasining bir necha turi bor. Gaz turbinali dvigatellarda (q. Gaz turbinasi) Yo. k. kompressor b-n turbina orasidagi gazhavo yoʻlida joylashgan. Bunda Yonish kamerasiga kiradigan havo ikki qismga boʻlinadi: birinchisi Yonish kamerasining old tomoniga yoʻnalib, asosiy yonilgʻi massasining yonishini; ikkinchi qismi aralashish zonasida yonish mahsulotlariga qoʻshilib, boshlangʻich zonada yonmay qolgan yonilgʻining yonishini taʼminlaydi. Dvigatelning quvvati, tejamliligi Yonish kamerasining shakliga, hajmiga va unda joylashgan sham (svecha)lar (karbyuratorli dvigatelda) yoki forsunkalar (dizel dvigatelida) soni va vaziyatiga bogʻliq.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x