YONISH

YONISH — muayyan miqdorda issiklik va yorugʻlik (alanga) chiqarib, shiddat bilan oʻtadigan murakkab fizik-kimyoviy jarayon. Koʻpincha, Yonish asosini moddalarning oksidlovchi ekzotermik reaksiyasi tashkil etadi. Fizikkimyoviy nazariyaga koʻra, moddalardagi issiklik yoki diffuzion oʻzgarish jarayonlari, portlovchi moddalar, ozon, atsetilenning ajralishi, moddalarning xlor, ftor bilan birikishi, metallarning xlor, natriy oksidi va b. b-n oʻzaro taʼsiri Yonish hisoblanadi. Yonishning diffuzion (faol zarralarning diffuziyalanishi natijasida tarqalishi) va issiklik (issiklik uzatish natijasida tarqalishi) turlari bor. Diffuzion Yonish past bosimda roʻy beradi (mas, gaz va havo aralashmasining yonishi). Issiqlik Yo. i pechlar, ichki yonuv dvigatellarida oʻtadi. Yonuvchi modda va oksidlovchining agregat holatiga koʻra, gomogen Yonish, portlovchi moddalar va poroxlarning yonishi, geterogen Yonish farq qilinadi. Gomogen Yonish — gaz va bugʻsimon yonuvchi moddalarning gazeimon oksidlovchi (mas, havo kislorodi) muhitida yonishi. Gaz pechlari, kameralari, kolonkalari va b. da shunday Yonish roʻy beradi. Portlovchi moddalarning yonishi — portlovchi moddalarning boʻlinish ekzotermik kimyoviy reaksiyasi zonasining oʻzoʻzidan tarqalishi yoki bir qatlamdan ikkinchi qatlamga reaksiya energiyasi (issikdik)ning utishi natijasida portlovchi modda komponentlarining oʻzaro taʼsirlashuvi. Bunda Yonish tezligi portlovchi moddaning tabiatiga, zaryadning bosimi, trasi, zichligiga bogʻliq boʻladi. Bunday Yonishda tashqaridan havo berish shart emas. Geterogen Yonish — suyuq va qattiq yonilgʻining gazeimon oksidlovchi muhitida yonishi. Suyuq moddalarning yonishida ularning bugʻlanishi muhim rol oʻynaydi. Tez bugʻlanadigan suyuqliklarning yonishini gomogen Yonishga kiritish mumkin. Qattiq moddalar yonganda, koʻpincha, ularning tarkibidagi uchuvchi komponentlar ajralmaydi (mas, metallarning yonishi). Texnikada tarkibida uglerod va maʼlum dorda organik moddalar boʻlgan qattiq yoqilgʻi, mas, koʻmirning yonishi muhim oʻrin tutadi. Yonishning istalgan turida ikki bosqich — alangalanish va yonuvchi moddaning yonishi hamda Yonish mahsulotlari hosil boʻlguncha yonib tugashi roʻy beradi. Ikkala bosqich uchun ketgan vaqt umumiy Yonish vaqtini tashkil qiladi. Yonilgʻini toʻla yondirish uchun kam vakt sarflash yokish texnikasining asosiy vazifasidir. Qattiq, suyuq yoki gazeimon yoqilgʻi toʻla yonganda ajraladigan issiklik mikdori yoqilgʻining yonish issiqligi deyiladi. Yonish issikligining past va yuqori, solishtirma va hajmiy xillari bor. Past yonish issiqligi yuqori yonish issikligidan yoqilgʻi yonganda hosil boʻladigan suvning bugʻlanishi uchun sarflanadigan issiklik miqdoricha kichik boʻladi. Mas, tosh koʻmirning solishtirma yonish issikligi 28—34 MJ/kg, benzinniki 44 MJ/kg, tabiiy gazning hajmiy yonish issikligi 31 — 38 MJ/m3 (1J=0,239 kal). Yo. jarayonini oʻrganish fan va texnikada, harbiy ishda, kosmik raketalarni uchirishda, kundalik turmushda juda muhim oʻrin tutadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x