YOPISHQOQ BALIQLAR

YOPISHQOQ BALIQLAR (Echeneidae) — olabugʻasimonlar turkumiga mansub baliqlar oilasi. Tanasining uz. 30—90 sm. U barcha tropik va subtropik okeanlarda tarqalgan. Orqa suzgichi bosh tomoniga surilib, soʻrgʻich hosil qilgan. Yopishqoq baliqlar soʻrgʻichida 14 dan 27 tagacha plastinkalari boʻladi. Plastinkalar yordamida ular turli baliqlar, dengiz toshbaqalari, kitlar terisiga va kemalar ostiga yopishib oladi. Ayrim turlari erkin hayot kechiradi. 7 urugʻi va 7 turi mavjud. Plankton va qisman boshqa hayvonlar terisidagi parazitlar b-n oziklanadi. Baʼzan kichik baliklarni ovlaydi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x