YOMON QASHQIRTOV

YOMON QASHQIRTOV — Markaziy Qizilqumdagi togʻ. Boʻkantov togʻlarining jan. sharqiy qismida joylashgan. Eng baland joyi 578 m, uz. 14—15 km, jan. gʻarbdan shim. sharqqa tomon yoʻnalgan. Togʻ jan. gʻarbga, Mingbuloq botigʻi tomon pasayib boradi. Markaziy qismi baland, bu joyda yon bagʻirlari ancha tik va oʻydimchuqur, tub jinslar yer yuzasiga chiqib qolgan, qirrali, turli eroziya va nurash jarayonlari vujudga kelgan. Boshqa joylarida tub jinslar usti nuragan jinslar bilan qoplangan. J. q. paleozoyning kristalli jinslari (slanes, ohaktosh, konglomerat, qumtosh va b.)dan tashkil topgan. Boʻz qoʻngʻir tuproqlarda siyrak holda biyurgʻun, boyalich, shuvoq oʻsadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x