YOMGʻURCHI

YOMGʻURCHI — 1) noʻgʻay mirzasi; 1481-y. shayboniylardan Iboqxon bilan birga Katta Oʻrda xoni Ahmadga qarshi kurashda qatnashgan. 1487-y. Yo. Ivan 111 Vasilyevichdan Qozon xonligi taxtidan agʻdarilgan Alixonni rus tutqunligidan ozod etishni soʻragan. 1500-y. Qozon xoni, ruslarning vassali Abdullatifga qarshi kurashi chogʻida Qozonni qamal qilgan;

2) Astraxon (Ashtarxon) xoni (1547—54). Ivan IV Vasilyevich (Ivan IVGroznыy) 1554-y. Astraxon xonligiga qarshi yurishi chogʻida taxtdan tushirilgan. Yo. Azovga qochgan, uning oʻrniga taxtga bir necha yil avvalroq Astraxondan quvgʻin qilingan ruslarning vassali Darvishali oʻtqazilgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x