YOLGʻON XABAR BERISH

YOLGʻON XABAR BERISHjinoyat toʻgʻrisida bila turib, yolgʻon xabar berish. Yo. x. b. odil sudlovni toʻgʻri yuritishga putur yetkazishi, tergov organlari yoki sud faoliyatini notoʻgʻri yoʻlga solib, ishning chigallashtirib yuborilishiga sabab boʻlishi mumkin. Jinoyaʻ; haqida bila turib Yolgʻon xabar berishning oʻzi bilan jinoyat tugallangan hisoblanadi va bunda biron-bir oqibatning kelib chiqqanligi va chiqmaganligi ahamiyatsizdir. Oʻzbekiston Respublikasi JKga koʻra, 16 yoshga toʻlgan har qanday shaxs shu jinoyat subyekti boʻlishi mumkin. Yolgʻon xabar bergan shaxs eng kam oylik ish haqining 25 baravaridan 50 baravarigacha mikdorda jarima yoki 3 y. gacha axloq tuzatish ishlari yoxud 6 oygacha qamoq bilan jazolanadi. Yolgʻon xabar berish sunʼiy ayblov dalillarini vujudga keltirgan; gʻarazgoʻylik niyatlarida qilingan; uyushgan guruh manfaatlarini koʻzlagan boʻlsa jazo kuchaytiriladi. Yolgʻon xabar berish ogʻir oqibatlarga sabab boʻlsa aybdorga nisbatan yanada ogʻirroq jazo koʻllaniladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x