YOD

YOD, iod (lot. Iodum, yun. iodis — binafsha rangli) , I — Mendeleyev davriy sistemasining VII guruhiga mansub kimyoviy element, galogenlarga kiradi. Tartib raqami —53, at. m. 126,9045. 1811-y. da fransuz kimyogari B. Kurtua tomonidan kashf etilgan. Tabiiy Yod at. m. 127 ga teng boʻlgan bitta barqaror izotopdan iborat. Oksidlanish darajasi — — 1, +1, +3, +5 va +7; elektronga moyilligi —3,08 eV. Poling boʻyicha elektromanfiyligi 2,5; at. radiusi 0,136 nm, ion radiusi (qavslarda koordinatsion soni keltirilgan) I-—0,206 nm (6), 15+— 0,058 nm (3), 0,109 nm (6), G+-0,056 nm (4), 0,067 nm (6).

Yod tarqoq element, minerallaridan — yodargarit Agl, lautarit (SaYu3)2 lar tarkibida, magma va choʻkma togʻ jinsida uchraydi. Yod togʻ jinslaridan suv taʼsirida yuvilib ajraladi va organizmlarda yigʻiladi. Mac, suv oʻtlarida (ularning kulida) Yod miqdori 0,5% gacha boʻladi. Yodning asosiy manbai okean suvlaridir (1l suvda oʻrtacha 5-10~5 g). Yod organik moddalarda oson yigʻiladi. Sanoat miqyosida Yod neft va gaz konlaridan ular bilan birga chiqadigan yoʻlakay suvlar va yer osti issiq shoʻr suvlari (0,01—0,1 kg/m3), selitra qat-lamlaridan (1% gacha) olinadi. Suyuqlanish t-rasi 113,5°, qaynash t-rasi 184,35°; qattiq Yodning zichligi 4,94 g/ sm3, suyuq Yod niki 3,96 g/sm3.

Ammiakning suvdagi eritmasi bilan portlovchi moddaazot yodid Nl3 hosil qiladi.

Yod olishda neft va gaz konlari (quduqlari)dan chiqqan yoʻlakay suvlar, yer osti issiq shoʻr suvlari, dengiz suvoʻtlari hamda natriyli selitra olishda ajralgan natriy yodatga boy eritma xom ashyo sifatida xizmat qiladi. Yod, asosan, 3 usulda olinadi:

1) sorbent va ionitlarni boyitib;

2) yodli suv oʻtlarini kuydirib;

3) havo yordamida ajratish va yutilish (Mas, NaOH eritmasi va sorbentlarda) usullari.

Oʻzbekistonda Yod tarkibida 15—40»ʻ/ l Y. boʻlgan neft quduklari va yer osti shoʻr suvlaridan havo yordamida ajratish va yutilish usullarini qoʻllab olinadi. Bu suvlarda Yod, asosan, yodid, yodat va organik birikmalar holida uchraydi. Yod li suvlarni kislotali (H2SO4 yoki NS1) sharoitda (rN=2,5+3,5) oksidlovchilar (Cl2, NaNO2 yoki kalsiy gipoxlorit, natriy gipoxlorit) eritmasi va b. ishtirokida Yod birikmalarining suv tomchilariga (60—75°da) bosim ostida xavo yuborib, Yod havoga erkin holda oʻtkaziladi. Bunday sharoitda havoga qisman vodorod yodid kis-lotasi ham oʻtadi.

Havoga ajralgan 12 suvli sharoitda sorbentlar yordamida (Mas, 20—25 g/l gacha natriy ishqori eritmasida) boyitiladi.

Yodga boyitilgan ishqor eritmasini neytrallab, kislotali (H2SO4) sharoitda oksidlovchilar (Mas, Cl2, NaNO2, K2Crj07 va h. k.) ishtirokida elemen-tar I. (Y. pastasi) ajratib olinadi.

Neft bilan birga chiqadigan oqova suvlar, yer osti issiq shoʻr suvlaridan olingan Yod tarkibida qisman organik birikmalar ham boʻlganligi uchun uni sublimatsiya yoki sanoat sharoitida (125—140° da) konsentrlangan H2SO4 bilan tozalanadi.

Selitra sanoatidan chiqqan NaIO3 eritmasidan elementar Y. ʻ olish uchun eritmaga SO2 bilan ishlov beriladi.

Suv oʻtlarida Yod juda oz miqdorda boʻlganligi sababli, ularni avval yoqiladi, boyitilgan kulni suvli eritmaga oʻtkazib, eritmaga oksidlovchilar taʼsir ettiriladi.

Yod va uning birikmalari, asosan, tibbiyotda qoʻllaniladi. Yod eritmasi bakteriya va mikroblarga karshi kurashish xossasiga ega boʻlib, uni shi-kastlangan terini davolashda, Yodning kaliy va natriyli tuzlari Yod yetishmasligi natijasida kelib chiqadigan kasalliklarda, Mas, buqoq, asab kasalliklari, semirish, aql zaifligi, turli yukumli kasalliklarda qoʻllaniladi. Bu kasalliklarning oldini olish uchun yodlangan osh tuzini isteʼmol qilish zarur. Hozirgi kunda respublikamizda yodni yer osti issiq suvlaridan ajratib olish texnologiyasi Surxondaryo viloyatida va Fargʻona vodiysida yoʻlga qoʻyilgan. Kristall holdagi Yoddan kaliy yodid olinadi. Xoʻjaikon tuz zavodi (Surxondaryo)da osh tuzini sanoat miqyosida yodlanadi.

Yod anorganik (K. I, KYU3 va h. k.) va organik sintezda, analitik kimyoda (yodometriya), radiatsion kimyoda, fotografiyada, sof holdagi metallar (Ti, Zn), oʻta nur sezgir moddalar, maxsus motor yoqilgʻilari olishda, antidetonator sifatida, qutblanish xossasiga ega boʻlgan maxsus shishalar olishda, kumush yodat esa bulutdagi suvning kristallizatsiya markazini hosil qilishda qoʻllaniladi. Vodorod va kislorod aralashmasiga atigi 0,002% Y. bugʻi qoʻshilsa, portlash xossasi yoʻqoladi.

Ad.: Potayenko K. D., Eshonxoʻjayev S., Oʻzbekiston Respublikasi fan va texnika komiteti byulleteni, 1999-y., №1. ; Ksenzenko V. I., Stasinevich D. S, Ximiya i texnologiya broma, yoda i ix soyedineniy, M., 1979.

Said Eshonxoʻjayev.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x