YEVROPA YADRO TADQIQOTLARI MARKAZI

YEVROPA YADRO TADQIQOTLARI MARKAZI (frans. Conseil Europeen pour La Recherche Nucleare — CERN) Yevropadagi 12 mamlakat (Avstriya, Belgiya, Buyuk Britaniya, Gretsiya, Daniya, Italiya, Niderlandiya, Norvegiya, Fransiya, Germaniya, Shveysariya, Shvetsiya) i. t. muassasasi. Unda elementar zarralar fizikasi sohasida nazariy va eksperimental tadqiqotlar olib boriladi. YUNESKO rahnamoligida 1954-y. tashkil qilingan (markazi Jeneva yaqinida). Gʻarbiy Yevropadagi shunday tadqiqotlarni muvofiqlashtirib turadi. Yuqori organi — Kengash. 600 MeV quvvatli sinxrotron (1957), 28 GeV li (1959), 400 GeV li (1959) va 400 GeV li (1975) sinxrofazotronlar, yigʻuvchi proton halqalari va h. k. bor.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x