YEVROPA ITTIFOQI

YEVROPA ITTIFOQI (YEI) — oʻzida xalqaro tashkilot va federativ davlat xususiyatlarini mujassamlashtirgan davlatlararo uyushma. Dastlab Yevropa hamjamiyati («Umumiy bozor») nomi bilan atalgan. YEI toʻgʻrisidagi shartnoma 1992-y. Maastrixt sh. da (Niderlandiya) Yevropa hamjamiyatiga aʼzo boʻlgan 12 davlat va hukumat boshliklari imzo chekkan Yevropa mamlakatlarining siyosiy va valyuta-iqtisodiy ittifoqini vujudga keltirish toʻgʻrisidagi bu shartnoma 1993-y. 1 noyab. dan kuchga kirgan. YEIning maqsadlari: Yevropa xalqlarining mustahkam ittifoqini vujudga keltirish, ichki chegaralari boʻlmagan makon yaratish, iqtisodiy va ijtimoiy oʻzaro taʼsirni kuchaytirish yoʻli bilan muvofiqlashtirilgan uzoq muddatli iqtisodiy taraqqiyotga yordam berish; iqtisodiy va valyuta ittifoqini tashkil qilish va yagona valyuta yaratish (bu maqsadga 2002-y. yanv. da asosan erishildi); birgalikda tashqi siyosat olib borish va xavfsizlik borasida siyosat yuritish, kelgusida esa birgalikda mudofaa siyosatini ham olib borish yoʻli b-n xalqaro sohada oʻziga xos bir xillikni qaror toptirish; adliya va ichki ishlar sohasida hamkorlikni rivojlantirish; umumiy boylikni saqlab qolish va koʻpaytirish. YEI organlari: Yevropa mashvarati, Yevropa parlamenti, Yevropa Ittifoqi Kengashi, Yevropa komissiyasi, Yevropa sudi. Tashkilotga 15 mamlakat (Avstriya, Belgiya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Gretsiya, Daniya, Irlandiya, Ispaniya, Italiya, Lyuksemburg, Niderlandiya, Portugaliya, Finlyandiya, Fransiya, Shvetsiya) aʼzo (2002-y. yanv.). Qarorgohi Strasbur sh. da (Fransiya). Oʻzbekistonning jahon hamjamiyatiga integratsiyalashuvida YEI bilan hamkorlik alohida oʻrin tutadi. Tashkilot TASIS dasturi doirasida Oʻzbekistonga texnikaviy yordam koʻrsatadi. 1999-y. 1-iyulda Oʻzbekiston bilan YEI oʻrtasida Sheriklik va hamkorlik toʻgʻrisidagi bitim ratifikatsiya qilindi. Bu bitim siyosiy, iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy, ijtimoiy, madaniy-maʼrifiy aloqalar rivoji uchun imkoniyat tugʻdirdi. Jumladan, tomonlar oʻzaro savdoda bir-birlariga eng qulay sharoit yaratadilar, bir-birlariga tegishli tovarlarni oʻz hududlari orqali erkin tranzit qilishni taʼminlaydilar.

1 1 голос
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x