YEVROPA IQTISODIY HAMJAMIYATI

YEVROPA IQTISODIY HAMJAMIYATI (YEIH) — mintaqaviy integratsiya tashkilotlaridan biri. 1957-y. da Rim shartnomasiga koʻra tuzilgan, baʼzida «Umumiy bozor» deb ham atalgan. Dastlab Yevropadagi 6 mamlakat (Fransiya, Germaniya, Italiya, Belgiya, Niderlandiya, Lyuksemburg) tashkilot aʼzosi boʻlgan, keyin Buyuk Britaniya, Daniya, Irlandiya (1973-y. dan), Gretsiya (1981-y. dan), Ispaniya, Portugaliya (1986-y. dan) qoʻshilgan. YEIH qitʼada — iqtisodiy taraqqiyot darajasini koʻtarish yoʻli bilan yagona iqtisodiy makonni vujudga keltirishga xizmat qildi. 1993-y. Yevropa Ittifoqiga tarkibiy qism boʻlib kirdi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x