YEVROPA INVESTITSIYA BANKI

YEVROPA INVESTITSIYA BANKI (European Investment Bank) — Yevropa Ittifoqiga aʼzo mamlakatlarning hukumatlararo kredit tashkiloti. 1958-y. da tashkil etilgan. Dastlabki bank hamjamiyat doirasidagi qoloq mintaqalarni investitsion moliyalash, sanoat modernizatsiyasi va konversiyasini, shuningdek, hamkorlikdagi loyi-halarni moliyalash kabi masalalarda uzoq muddatli kreditlar berish va ularni kafolatlash yoʻli bilan Yevropa umumiy bozorini rivojlantirishni koʻzda tutgan edi. Keyingi paytda turli bitimlarning imzolanishi natijasida Yevropa investitsiya banki Yevropa hamjamiyatiga aloqasi boʻlmagan Afrika, Karib dengizi va Tinch okeani havzalari hududidagi mamlakatlarga, shuningdek, Yevropa hamjamiyati bilan hamkorlik qilish toʻgʻrisida bitimga ega boʻlgan Oʻrta Yer dengizi atrofidagi davlatlarga ham bank xizmati koʻrsatish imkoniyatiga ega boʻldi. Yevropa investitsiya banki oʻz operatsiyalarini Yevropa Ittifoqi kapital bozori hamda xalqaro kapital bozoridan olingan mablagʻlar hisobiga amalga oshiradi. Shuningdek, bank loyixalarni moliya-kredit tashkilotlari tomonidan beriladigan «jahonshumul zayom» lar hisobiga ham moliyalashi mumkin. 1981-y. dan Yevropa toʻlov ittifoqi hisob birligi oʻrnida ekyudan foydalandi, 1999-y. 1 yanv. dan ekyu oʻrnini yangi xalqaro pul birligiyevro egalladi. Bankni ishtirokchi mamlakatlar moliya vazirlaridan iborat Direktorlar kengashi boshqaradi. Boshqaruv Lyuksemburg sh. da joylashgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x