YEVRO

YEVRO (Euro) — Yevropa Ittifoqi tarkibidagi Yevropa iqtisodiy va pul hamjamiyati aʼzolari (Avstriya, Belgiya, Germaniya, Gretsiya, Irlandiya, Ispaniya, Italiya, Lyuksemburg, Niderlandiya, Portugaliya, Finlyandiya va Fransiya)ning pul birligi. Xalqaro ifodasi EUR. 1999 yil 1 yanv. dan muomalaga chiqarilgan. 1E=100sent. 1999 i. 1 yanv. dan 2002-y. 1 yanv. ga qadar Yevro naqd pulsiz toʻlovlarda ishlatildi, Yevro bilan bir qatorda bu mamlakatlarning milliy pul birliklari ham muomalada yurdi. Yevro muomalaga kiritilishi bilan ilgari shu mamlakatlar oʻrtasida xalqaro toʻlovlarda foydalanilgan ekyu mu-omaladan chiqarildi va ular ekyuning soʻnggi qiymati (1998-y. 31 yanv. holati) boʻyicha Yevroga tengma-teng almashtirildi. Ayni paytda milliy pul birliklarining Yevroga nisbatan valyuta kurslari ham belgilandi (mas, 1 Ye= 1,95583 nemis markasi; 1 Ye= 1936,27 italyan lirasi; 1 Ye. =200,482 portugal eskudosi va b. ; 1998, 31 dek.). 2002-y. 1 yanv. dan 5,10, 20, 50, 100, 200, 500 Yevro qogʻoz banknotlari, 1,2 Ye. va 1, 2, 5, 10, 20, 50 sentli tangalar muomalaga kiritildi (Yevropa iqtisodiy va pul hamjamiyatiga aʼzo mamlakatlarning eski milliy pul birliklari muomalasi toʻxtatildi). Xalqaro valyutalar kursi boʻyicha 1 AQSH dollari =1,13 Yevro, Oʻzbekiston Respublikasi milliy pul birligi — soʻmga nisbatan 1 Ye. =599 soʻm 01 tiyin (2002-y. fev.).

Akramjon Mirzaxolov.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x