YETTISUV

YETTISUV (qozoqcha Jetisu) — Qozogʻistonning jan.-sharqiy qismi. Shim. da Balxash koʻli, shim.-sharqda Sassiqkoʻl va Olakoʻl, jan.-sharqda Jungʻariya Olatovi tizmasi, jan. da Shim. Tyanshan tizma togʻlari hamda gʻarbda ChuIli togʻlari bilan chegaralangan. Yettisuv atamasi Balxash koʻliga quyiladigan 7 daryo (Ili, Qoratol, Biyon, Oqsuv, Lepsa, Baskon, Sarqand)dan olingan. Yettisuvning shim.gʻarbiy va shim. tekislik qismi Tovqum, Sarieshikoʻtrov, Luqqum, Yomonqum kabi qumli va qisman shoʻrxok choʻllardan iborat. Shuvoq-shoʻra, saksovulzor va butazorlar, daryo boʻylarida toʻqaylar, jan.sharqida 2000 m gacha balandlikda bargli oʻrmonlar, yuqorirokda qaragʻayzor va alp hamda subalp oʻtloqlari bor.

Tarixiy manbalarda Yettisuv deganda ancha katta hudud (Chu daryosi vodiysi bilan birga) tushunilgan. Yettisuv — Markaziy Osiyo madaniyatining qad. markazlaridan biri. Yettisuvda saklar, keyinchalik usunlar yashagan. Mil. 6-a. oxirlarida Yettisuvda Gʻarbiy Turk xoqonligi, keyinchalik turkashlar (8-a. ning oʻrtalarigacha) va qarluqlar (766 — 940) hukmronlik qilishgan. Yettisuvni 10-a. ning oʻrtalaridan Qoraxoniylar, 12-a. ning 30-y. laridan Qoraxitoylar boshqargan. Moʻgʻullar bosqinchiligi davri (1219—21)da Yettisuvning dehqonchilik vohalari va shaharlari qattiqzarar koʻrgan. 16-a. da Yettisuvda qozoqlarning Katta juzi tashkil topgan. 19-a. ning oʻrtalarida Rossiya tomonidan bosib olingan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x