YETTIQASHQA

YETTIQASHQA — oʻzbek qipchoqlar tarkibidagi urugʻlardan biri. 16— 17-a. larda Jan. Qozogʻiston (Qulon va Qarqara) da yashagan. 18-a. boshida qalmoqlar hujumi natijasida Yettiqashqaning katta qismi boshqa qipchoq urugʻlari bilan birga Sirdaryoning yuqori oqimiga, dastlab, Toshkent vohasiga, soʻng Fargʻona vodiysiga koʻchib, togʻ etaklarida yashagan. Yettiqashqaning bir qismi esa hoz. Qirgʻiziston (Issiqkoʻl boʻyi) ga oʻrnashdi va keyinchalik qirgʻizlar tarkibiga qoʻshilib ketdi. Oʻzbekiston Respublikasi hududida yashagan Yettiqashqa oʻzbeklar tarkibiga singib ketgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x