YETMAK

YETMAK (Acanthophyllum) — chinniguldoshlar oilasiga mansub koʻp yillik oʻsimliklar bir necha turlarining umumiy nomi. Oʻzbekistonning adir va togʻ yon bagʻirlarida A.gypsophiloides va A.paniculatum oʻsadi. Boʻyi 50—80 sm, barglari qarama-qarshi, shapaloq, qalami yoki nashtarsimon. Barg bandi va sershox poyasi tuksiz yoki mayda tuk-chalar b-n qoplangan. Gullari mayda, shoxlarining uchida ikkitadan joylashgan. Gulbargi 5 ta, och pushti, changchisi 10 ta, 2 qator joylashgan. Mevasi bir urugʻli. Urugʻi och jigarrang yoki qoʻngʻir, qattiq qobikli. Ildizi burama oʻq ildizdan iborat boʻlib, 2 m dan ortiq chuqurlikka boradi.

Yetmak ildizining tarkibida 10—30% saponin moddasi, shuningdek, aglikonogipsogen, 3 molekula ksiloza va bir molekula glyukuron kislota, galaktoza, ramnoza, furoza va arabinoza kabi moddalar bor. Ildizidan aholi nisholda tayyorlashda koʻpirtiruvchi modda sifatida foydalanib keladi. Yetmak oziq-ovqat, qandolat va vinochilik sanoa-tida, tibbiyotda (balgʻam koʻchiruvchi va organizmni mustahkamlovchi dorilar tayyorlashda) qoʻllaniladi, toʻqimachilik sanoatida gazlamalarni okartirish, ipak va jun gazlamalarni yuvish uchun ham ishlatiladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x