YERTOSHSOY

YERTOSHSOYToshkent viloyati Ohangaron tumanidagi soy, Ohangaron daryosining oʻng irmogʻi. Chatqol tizmasidagi Odamtosh dovonining jan. yon bagʻridan boshlanadi. Yertoshsoyning 60 dan ziyod irmogʻi bor, eng yirik irmogʻi Qizilchasoydir. Uz. 17 km, havzasining mayd. 151 km2. Ye. asosan qor, yomgʻir va buloq suvlaridan toʻyinadi. Oʻrtacha koʻp yillik suv sarfi 3 m3/sek, suvining asosiy qismi (65—70%) mart—iyun oylarida oqib oʻtadi. Baʼzan sel toshqinlari boʻlib, suv sarfi 65 m3/sek gacha yetadi (1953.18.5). Yertoshsoy boʻyida Yertoshsoy qishlogʻi joylashgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x