YERTOMIRLAR

YERTOMIRLAR — togʻ jinsi yoriqlarini toʻldirgan mineral jismlar. Ikki yoʻnalishda choʻzilgan boʻladi. Togʻ jinslaridagi yoriqlarning mineral moddalar bilan toʻlishidan yoki yoriqlar boʻylab mineral moddalarning togʻ jinsi bilan metasomatik oʻrin almashinishidan hosil boʻladi. Yertomirlar oddiy — yakka mineralli yoriqlar va murakkab — oʻzaro chigallashib ketgan yoriqlar toʻplami, maydalangan yoki slaneslashgan zonalar holida uchraydi. Tasbehsimon, toʻrsimon, kamerali, linzasimon, shoxsimon, egarsimon, zinasimon, patsimon va b. xillari uchraydi. Atrof jinslar b-n boʻlgan aloqasiga koʻra kesib oʻtuvchi va qatlamli Yertomirlar boʻladi. Yertomirlar uzunligi 1 km dan 200 km gacha (Kaliforniyadagi oltin rudali yertomir), chuq. 3 km dan ziyod (Hindistondagi Kolar konida). Oʻlchami va yotish sharoitiga koʻra apofiza va tomirchalar shakllari farq qilinadi. Yertomirlar b-n koʻpchilik mineral xom ashyo konlari bogʻliq (oltin, qoʻrgʻoshin-rux rudalari, volfram, simob va b.). Ye. ning geologik va ishlanadigan ekspluatatsiya qatlam qalinligi farq qilinadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x