YERTOʻLA

YERTOʻLA — 1) qad. yerni oʻyib qurilgan turar joy; boshpana. Toʻrtburchak, dumaloq shaklda qurilgan, baʼzilari esa yerdan bir oz yuqori koʻtarilib, tomi yogʻoch b-n, uning ustiga shox-shabba va tuproq tashlab yopilgan; oʻrtasida oʻchoq, devor yonlarida taxta yoki tuproqdan qilingan supachalar boʻlgan. Yuqori paleolit davridan boshlab boshpana sifatida keng foydalanilgan; hozir ham oʻzlashtirilayotgan yerlarda, urush harakatlari ketayotgan joylarda uchrab turadi;

2) uylar tagiga yer sathidan 1,5 m va undan ortiq chuqur qilib quriladigan xonalar. Yertoʻladan mahsulotlar saqlanadigan ombor sifatida va b. maqsadlarda foydalaniladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x