YELES

YELES — RF Lipesk viloyatidagi shahar, Sosna daryosi (Donning irmogʻi) sohilida. T. y. tuguni. Aholisi 117,7 ming kishi (1990-y. lar oʻrtalari). Mashinasozlik va metallsozlik (mashinasozlik, traktor gidroagregatlari, tibbiy asbob-uskunalari z-dlari), shakarqand, pivo, koʻn z-dlari, tamaki fkasi, ped. in-ti, oʻlkashunoslik muzeyi bor. Ye. tur (krujeva) ishlab chiqarish bilan mashhur.

Yeles solnomalarda 12-a. dan tilga olingan. 13—15-a. larda moʻgʻullar tasarrufida boʻlgan. 1395-y. Amir Temur koʻp mingli qoʻshin bilan Oltin Oʻrda xoni Toʻxtamishni va uning jangdan keyin toʻzib ketgan qoʻshinini taʼqib qilib Yeles gacha borgan va u yerda ikki hafta turib qoʻshinlariga dam bergan. Amir Temur lashkarining Moskvaga yaqinlashib borishi rus knyazlarini, ayniqsa Moskva aholisini nihoyatda vahimaga solgan. Ular Amir Temurga karshi kurashish u yoqda tursin, hatto mudofaaga oʻtish ham befoyda degan xulosaga kelganlar. Chor atrof oʻrmon va botkrkli yerlarni kurgan sohibqiron amirlar mashvaratidan keyin 26 avg. (8 sent.) da shaharchani tashlab, qoʻshinlarni Samarqandga qaytishga farmon bergan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x