YAZGʻULOM

YAZGʻULOMTojikiston Respublikasi Togʻli Badaxshon muxtor viloyatidagi daryo. Panj daryosining oʻng irmogʻi. Yazgʻulom tizmasining shim. yon bagʻrida joylashgan Yazgʻulom va Vanj togʻlari orasida tor oʻzanda oqib oʻtib Panj daryosiga quyiladi. Uz. 80 km, havzasining mayd. 1970 km2. Yuqori qismida Rakzou, undan pastroqda (Obirakeru irmogʻining quyilish joyiga qadar) Mozordara deb ataladi. Yazgʻulom muz va qor suvlaridan toʻyinadi. Oʻrtacha koʻp yillik suv sarfi (Motravi qishlogʻi yonida) 37 m3/sek. Eng koʻp suvi (60,7%) yozda oqib oʻtadi, eng kami (7,7%) qishga toʻgʻri keladi. Tez oqqanligi tufayli qishda muzlamaydi. Faqat, qirgoqlari qisman muzlab, shovush (muz parchalari) oqishi mumkin. Yazgʻulomga umumiy uz. 190 km gacha boʻlgan 80 ga yaqin irmoq quyiladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x