YAYPAN

YAYPANFargʻona viloyati Oʻzbekiston tumanidat shahar (1975-yildan), tuman markazi. Qoʻqondan 25 km jan. gʻarbda. Aholisi 21 ming kishi (2005). Yaypanda paxta tozalash z-di, tikuvchilik f-kasi, qurilish tresti, kichik, xususiy korxona va firmalar, MTP, savdo, madaniy va maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari, 4 umumiy taʼlim maktabi, musiqa maktabi, tuman markaziy kutubxonasi, klub, madaniyat uyi, madaniyat va istirohat bogʻi, stadion bor. Markaziy kasalxona, stomatologiya poliklinikasi aholiga xizmat koʻrsatadi. Yaypandan Fargʻona, Qoʻqon va boshqalar shaharlarga avtobus qatnovi yoʻlga qoʻyilgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x