YATROGEN KASALLIKLAR

YATROGEN KASALLIKLAR (yun. — vrach va — yaratish, tugʻdirish) , yatrogeniyalar, psixogeniyalarvrach yoki boshqa tibbiyot xodimlarining ehtiyotsizlik bilan aytgan nooʻrin gaplari, xattiharakatlarining bemor psixikasiga taʼsir etishidan kelib chiqadigan kasalliklar. Aksari injiq, vasvas, oʻta taʼsirchan va asabi zaifroq kishilarda roʻy beradi. Baʼzi hollarda bemor vrach xulosasini (mas, biror obroʻliroq mutaxassis koʻrayetganda yeki rentgenda tekshirilayotganda) qattiq tashvishlanib qabul qilishi; oʻzini sogʻlom deb yurgan kishiga vrach koʻrayotganda biror ogʻir, xavfli (mas, gipertoniya kasalligi, oʻsma) yoki kishini mulzam qiladigan (teritanosil, ginekologik) kasalligi borligi haqida taxmin aytilishi ham Yatrogen kasalliklarga sabab boʻladi. Odatda, bir xil kasalliklar (mas, sil kasalliklari, oʻsma kasalliklari) davolanadigan kasalxonalarda yotgan baʼzi badgumon bemorlarda kuzatiladigan davolanish va davo ishlariga shubha bilan qarash, tushkunlikka tushish kabi holatlar kasallikni ogʻirlashtiradI.

Davosi: psixoterapiya.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x