YAPON DENGIZI

YAPON DENGIZI — Tinch okeanning yarim berk dengizi. Yevrosiyo materigi bilan Saxalin va Yapon o. lari oʻrtasida. Boʻgʻozlar orqali shim. da Oxota dengizi, sharqda Tinch okean, jan. da Sharqiy Xitoy dengizi bilan tutashgan. Mayd. 1062 ming km2. Eng chuqur joyi 3720 m. Sohillari baland, tik yon bagʻirli, kam parchalangan. Yirik qoʻltikdari: Sharqiy Xitoy va Buyuk Petr. Dengiz tubining relyefi soylik. Markaziy qismida Yamato qiri bor. Iqlimi moʻtadil, mussonli iqlim. Qishda shim. gʻarbiy sovuq shamol esib turadi. May. oyidan oktyabrgacha tayfunlar, bahor va yozda tumanli kunlar boʻlib turadi. Yuza oqimlar siklonal aylanma yoʻnalishda harakat qiladi. Suvining yuza qatlamida t-ra qishda shim. da 0°dan jan. da 12° gacha, yoz oylarida 17° dan 26° gacha. Shim. qismidagi materikka yondosh suvlari qishda muzlaydi. Shoʻrligi 27,5%o dan 34,8%s gacha. Suvining rangi yashil, yashilkoʻk. Suv sathining koʻtarilishi sutkalik (bal. 0,5 m gacha), Tatar boʻgʻozida 2,3 m gacha. Dengizning oʻsimlik dunyosi gulli oʻsimlik va suvoʻtlardan iborat. Suvoʻtlarning ayrim turlaridan xoʻjalikda foydalaniladi. Hayvonot dunyosi shim. qismida sovuq suvda yashashga moslashgan (seld, treska, navaga, losossimonlar, kambala va boshqalar), jan. da iliq suvda yashovchilar (skumbriya, tuneslar, ilonbaliq)dan iborat. Dengizda koʻplab baliq va dengiz hayvonlari ovlanadi. Yapon dengizi muhim transport ahamiyatiga ega. Asosiy portlari: Vladivostok, Naxodka (Rossiya), Niigata, Suruga (Yaponiya), Vonsan, Xinnam, Chxonjin (KXDR) va boshqalar.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x