YANUS

YANUSRim mifologiyasida eshik, kirishchiqish, keyinchalik — har qanday ishning boshi (shu jumladan, inson hayotining ham boshlanishi) hamda bitimlar va ittifoqlar xudosi. Yanus qasri darvozasini urush eʼlon qilinganda ochishgan (qoʻshinlar jangga shu darvozadan chiqqan) va sulh tuzilgandan soʻng yopishgan. Yilning 1oyi — yanvar unga bagʻishlangan (Ya. sharafiga bayram 9 yanv. da nishonlangan). Turli tomonga qarab turgan 2 qiyofada (keksa va yosh koʻrinishida) tasvirlangan. Bunda oʻtmishgina emas, balki kelajak ham Yanusga maʼlum, degan fikr oʻz ifodasini topgan. Koʻchma maʼnoda — «ikki qiyofali Yanus» — ikkiyuzlamachi odam.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x