DO`STLARGA ULASHING:
Assalom yangi yil
Assalom, Yangi yil, yangi rejalar,
Yangi o’y-rejali kunduz-kechalar!
Yangilik yaratgan qo’llar bor bo’ling.
Yaxshilik chorlagan yillar bor bo’ling!
Assalom, Yangi yil, yangi kashfiyot,
Mo’l bo’lsin senda baxt-saodat ziyoda,
Barchaning orzusi ushalsin, do’stlar,
Mehrdan poyondoz to’shalsin, do’stlar!
Xush kelibsan yangi yil
Xush kelibsan,elimizga,Yangi yil,
Ziyo sochgin yo’limizga,Yangi yil,
Zafar keltir, tinchlik,omonlik,
Quvonch keltir,elimizga,Yangi yil!
Keldi yangi yil
Yana kulib keldi Yangi yil,
Qordek oppoq orzular bisyor,
Ezgulikka yo’g’rilgan qalblar,
Davra qurib aytaylik alyor!
Yalmog’iz kampir she’ri
Man, man, man, man,
Man Yalmog’iz bo’laman.
Supurgimni minvolib,
Goh sayohat qilaman.
Yashayman men o’rmonda,
O’rmonda yey!
Dorilamon zanomda ,
Zamonda yey!
Yomonlarni qaqshatib,
Qaqshatib ey!
So’ng qilaman sharmanda,
Sharmanda yey!
Jazolash-chun har doim,
Shamol kabi yelaman.
Qanch xatlar borsa ham,
Bir yilda bir kelaman.
Lanchaki-yu yalqovni
Juda yomon ko’raman,
Supurgim omon bo’lsa,
Man jazolab turaman.
Darsdan qochsangiz agar,
Sira-sira kechirmam.
Supurgim-la xo’p silab,
Aslo-aslo tindirmam.
Man, man, man, man,
Man Yalmog’iz bo’laman.
Davrani kengroq oling,
Man qizdirib beraman.
Qorbobo qopi
Orqamda qopim katta,
Unda bordir, albatta.
Shirin kulcha, yong’oqlar,
Konfet-u o’yinchoqlar.
Ulashaman sizlarga,
Dono o’gil-qizlarga!
Yangi yil archasiga
Bo`ylari shiftga yetgan,
Igna bargli, ko’k archa
Zar-u marjonlar taqib,
Yasanishing o’zgacha.
Yangi yil bayramida
Qorboboni kutamiz
Qop orqalab kelsa gar,
Zavqqa to’lib ketamiz.
Kichkintoylar kuylashib,
Atrofingda aylanar.
Egningdagi chiroqlar,
Kech kirganda tovlanar.
Ko’rkam archa, ko’k archa,
Bayramda bosh qahramon.
Baland toglar oshib kel,
Uyimizga bo’l mehmon.
Yangi yilimiz
Orziqib kutilgan aziz mehmondek
Tashrif buyurmoqda Yangi yilimiz.
Qalbimiz yorishib nurli osmondek,
Go‘zal his-tuyg‘uga to‘lar dilimiz.
Yangi yil kutmoqlik ezgulik tilab,
Ulug‘ ahd sanalur har xonadonda.
Shodon chehralarda gul ochar xanda.
Orzular mazmuni – tinchlik, omonlik,
Gulzordek yashnasin ona-yurt bog‘i.
Eski yil nutqi
Xayr, xayr mehmonlar,
O’g’il qizu chaqqonlar
Rosa g’ayrat qildingiz,
Bir yil o’sib ulg’ayib.
Eski yilni kuzatib
Yangisini qarshilabsiz.
Ko’rayapsiz jujoqmon.
Endi tilim chiqyapti,
Sizla o’sdim, o’rgandim,
Va bir yoshga ulg’aydim.
Muddatim tugab men ham
Ketish navbati yetdi.
Yangi yil nutqi
Salom, salom mehmonlar.
O’g’il qizu chaqqonlar
Rosa g’ayrat qilibsiz,
Ziyofat tuzatibsiz,
Yangi yilni qarshilab,
Eskisini kuzatibsiz
Eski yilni muddati
Tugab tarixga ketdi.
Yangi yil bo’lib men ham
Kelish navbatim yetdi.
Ko’rayapsiz jujiqman,
Yillar ichra kichikman
Keldim sizga o’sgani,
Ko’p zafarlar quchgani.
Meni seving shu onda
Siznikiman shu ondan.
Ota, ona, bobolar
Ham mehribon momolar.
Menda g’ayrat qilurman
Sur’atim oshirurlar,
Siz ham a’lo o’qingiz
Bilimlarni o’qingiz
Siz o’sibsiz bir yoshga
Yurt kon bo’lsin non oshga
YANGI YIL KECHASI
Muhammad Yusuf
Ko‘ngil ma’yus tortdi yilning so‘ngida,
Bilmam, nimang bilan sehrlading, qor.
Bugun kuppa-kunduz ko‘zim o‘ngida,
Yana bir yoshimni o‘g‘irlading, qor.
Qirqinchi qasrimga o‘taymi endi,
Kechagi yoshligim ertakmi endi?..
Bahorim yetgudek qo‘lim uzatsam,
Yetolmay dilimni ne deb yupatsam.
Laylakqor, azizim, g‘alat bayram bu —
Kulib kuzatsammi, yig‘lab kuzatsam…
Dardim jim ichimga yutaymi endi,
Kechagi yoshligim ertakmi endi?
So‘rsang, sevinchimdan o‘kinchim ko‘proq,
Sendan-da kumushroq sochimdagi oq.
Yilim kelmay turib, yilim ketmoqda,
Ko‘zda tabassum-u kiprikda titroq.
Men ham sal shoshdim-da, qaytaymi endi,
Kechagi yoshligim ertakmi endi?
Yangi yil,
Kelaver qanday kelsang ham,
Kimlar yetdi senga, kimlar yetmadi.
Sen yangi yo‘ldoshsan, sen yangi hamdam,
Yo‘qlab kelganingni o‘zi bir bayram.
Qulog‘ingga bir gap aytaymi, endi,
Kechagi yoshligim ertakmi, endi…
31 DEKABR
Nodira AFOQOVA
Shaffof qadahlarda ko‘pirgan ne u?
Qo‘llarim, ne uchun titraysiz endi?
Oynada qahraton emas u, gul-ku,
Ertagacha hali bu tun uzundir.
So‘raymiz “Devonu lug‘otit turk”dan,
“Yil”, axir, ”yel» emas, titramang, ey dil.
“Yil”, axir, shunchaki guvranib yotgan
Poygadan shafqatsiz ezilgan yo‘ldir.
Kiprigim torida titrama, ey yosh –
Kiprigim toriga osilgan dunyo…
Dunyo, bu ne asror, meni qil ogoh:
Poyimda – xazonlar o‘ynar beparvo,
Ortimda – qirq yillik yashin urgan bog‘,
Ko‘ksimda – manguday guvlagan daryo…
Yangi yil muborak!
Abdulla Murodulla
Mana yana kelmoqda sog‘ingan damlar
Ko‘chada bezatilgan yashil archalar
Archani yonida go‘zal qizchalar
Qarasam ularga hayolim olar
Bugun mana hamma bahtli yuribdi
Dillarga to’lgandir shirin orzular
Vatanim yanada go’zal bo‘libdi
Har yerda yangi yil shukuhi kezar
Umrimizning o’tibdi yana bir yili
O’ynaylik kulaylik yangi yil kuni
Yilda bir marta bo’lar axir bu damlar
Yangi yil muborak aziz odamlar
Barchaga olib kelsin baht va omad
Hammani ishida bo’lsin daromat
Dildagi orzular bari ushalsin
Yangi yil yangi kun muborak bo‘lsin
Keldi mana yangi yil
Keldi mana yangi yil
Sog’intirib dillarni
Doim bahtga to’ldiring
Sog’ingan ko’ngillarni
Yuzingizdan tabassum
Arimasin sira ham
Qutlayman chin qalbimdan
Bayramingiz bilan man
Bir chetga surib g’amni
Quving dildan alamni
Sizni tabriklay deya
Qo’lga oldim qalamni
Qorboboga hazil she’r
Qorbobojon shu deseng.
Sendan bordir tilagim.
Van Damdikidek bo’sin.
Bu yil mani bilagim.
Malol kelmasa bobo.
Puldan bergin sal ko’pro.
Ishim doim yugursin.
Bo’masin xech muammo.
So’rashga ham xijolat.
Harkimga ham tol’e bu..
Ko’rsatib bir mahorat.
Sovg’a qilgin Malibu..
Pul endi qo’lni kiri.
Qo’lim shu yil kir bo’sin.
Tilaklarimdan biri.
Malibu pulga to’lsin.
Bobo endi bilasan.
Hammasi bir hal bo’sin.
Yangi yilda yor bergin.
Rayxondan go’zal bo’sin.
Uyimni ham bitiray.
Bir haftalik to’y qilay.
Shuncha qiynalib yurdim.
Shu yil bir xuzur ko’ray.
Kamtarona tilagim.
Bori shundan iborat.
Sezmoqdadur yuragim.
Bari bo’lar ijobat.
Yangi yilga yetdik
Mayliga hovlimiz qorga to’lsa ham.
Archa atrofida barchamiz masrur.
Mayliga qorbobo soxta bo’lsa ham.
Yangi yilga yetdik Hudoga shukur.
Eski yilda qolsin, ginayu kudrat.
Xafalashgan do’stga ko’rsating xurmat.
Xayot og’ir qadam tashlagan fursat.
Yangi yilga yetdik Hudoga shukur.
Eski yilda qolsin barcha dardimiz.
Eski yilda qolsin armonlarimiz.
Yangidan kuch olib darmonlarimiz.
Yangi yilga yetdik Hudoga shukur.
Tinchgina diyorda, shodonu xurram.
Kutib olinmoqda yangi yil bayram.
Goxo xorib qoldik, goxida shaxdam.
Yangi yilga yetdik Hudoga shukur.
Yangi yil archasi
Erkin Vohidov
Buncha ham chiroylisan,
Yam-yashilsan har qachon!
Yangi yilning ko‘rkisan,
Sevimlisan, archajon.
Qish boboning uyida
Aziz mehmon — ko‘klamsan.
Bugun uning to‘yida
Ayniqsa soz — ko‘rkamsan.
Ko‘ylagingga juda ko‘p
Zar tugmalar taqilgan.
Shoxlaringda qizil, ko‘k…
Lampochkalar yoqilgan.
Bo‘yim yetmas shoxingga,
Lekin, ey archajonim!
Tabelimda bor senga
Atab tizgan marjonim!
Senga deb tizgan marjon
A’lo baholarimdir.
Kel, taqib qo‘yay, archam,
Shoxlaringni egib tur.
Yangi yil tonggi
Pok qalbli insonni qutlab – e’zozlab,
Baxtli tong otmoqda – YANGI YIL tongi.
Kelajak mexri-la dillarni sozlab,
Xusunkor yangraydi xayot oxangi.
Yangi yilda a’lo o’qiylik
Mana bugun xayr xo’sh,
Qilajakmiz sen bilan.
Yangi yilda o’qiylik
Faqat “to’rt-u” “besh” bilan.
Yangi yilni kutamiz
Sizni kutadi Vatan,
Kutar yorug’ Istiqlol.
Bolalar ochib dilni
Kitaylik Yangi yilni.
Yangi yilni qutlaymiz
Yangi yilning sovg’asi,
Bezatilgan archasi.
Biz ashula aytamiz,
Yangi yilni qutlaymiz.
Lay-lum, la-la-lum,
Yangi yilim – yaxshi yilim
Xush kelibsan Yangi yilim.
Yildan-yilga Yaxshi yilim.
Maktabimda O’z safimda
Quvnab-quvnab Oldim bilim.
Bayram to’ying Qo’shiq kuying,
Ochar doim Bahri dilim.
Yangi yilim -Yaxshi yilim.
sadikov.uz