‘ Yangi yil archasiga ‘ mavzusida dars ishlanma

Mavzu: Yangi yil archasiga.
  Ta’limiy maqsad:  O’tgan darslarda olingan bilimlarini mustaxkamlash jarayonida berilgan topshiriqlarni og’zaki nutqini o;stirish, mustaqil fikrlashga o’rgatish. Ifodali ongli va diqqat bilan o’qish. Tabiat , matematika fanlariga boglash.
  Tarbiyaviy maqsad:  
        Yashil olam boyliklarini asrash, tevarak – atrofni muxofaza qilis, qushlar va hayvonlarga g’amxo’rlik qilish, o’zaro hamjixatlik va do’stona munosabatda bo’lishga  o’rgatish.
 
   Rivojlantiruvchi mashqlar: 
        Dars jarayonida o’z-o’zini boshqarishga yo’naltirish, ongli, ifodali va tez o’qish, bildirilgan fikrni to’g’ri idrok etish, mustaqil fikrlash.
 
   Dars tiri: No’ananaviy.
 
   Darsning uslubi:
        Suxbat, savol –javob”Aqlli xujum” va “Klaster usuli”.
 
   Darsning jihozi:
        Mavzuga oid rasmlar, archa va archa bezaklari, yong’oq mevasi, kampyuter, proektor, tarqatmalar, ko’rgazmalar, mavzuga oid clayd.
 
   Darsning  fanlaroro uzviyligi:
       Ona tili, matematika, rasm, atrofimizdagi olam, odobnoma
      Darsning borishi:
 Tashkiliy qism:
 O`qituvchi: Assalomu- alaykum
 O`quvchilar:Va alaykum assalom
                    Aziz ustoz muallim
                   Shay turibmiz biz hozir
                   Sizdan olishga ta’lim.
O`qituvchi: O’quvchilar hamma sog’- salomat keldimi? Bugungi navbatchi kim?
  — ­­­­­­­­  Maxliyoxon, Murodjon
O`qituvchi: Raxmat, bolajonlar. Bugungi darsimiz shiori:
 
Oz-oz o’rganib dono bo`lur
Qatra — qatra yig`ilib daryo bo`lur
( Slayd orqali ko’rsatish.)
  Darsni boshlashdan oldin darsni “oltin qoidasi” bilan sizlarni  tanishtirib o’taman.
            ( oltin qoidani  slaydini qo’yiladi.)
  O`qituvchi: O’quvchilar bugungi darsimizga mehmonlar qotorida “Qorqiz” ham tashrif buyurgan Hozir davramizga qorqizni barabar chaqiramiz.
 Oquvchilar: Qorqiz, qorqiz, qorqiz.
O`qituvchi: Xush kelibsiz,  qorqiz qizim.
Qorqiz: Raxmat. Sizlar uchun ajoyibsovg’alar olib keldim. Bugungi darsda yaxshi va faol qatnashgan o’quvchilarga o’z sovg’alarimni ulashibturaman.
O`qituvchi: O’quvchilar bilan siyosiy suxbat olib boorish.
  -O’quvchilar Vatanimiz qanday nom bilan ataladi?
O’quvchilar: O’zbekiston.
O`qituvchi: Viloyatimiz
O’quvchilar: Namangan.
O`qituvchi: Qaysi tumanda yashaymiz? O’quvchilar: To’raqo’rg’on.
 O’quvchilar: O`qituvchi:Biz o’qiydigan ilm maskani?
O’quvchilar: 4- umumiy ta’lim maktabi
O`qituvchi:  Sinfimiz?
O’quvchilar: 3- B sinf
O`qituvchi:  Hozir qaysi fasl?
O’quvchilar:  O’lkamizda qish fasli.
O`qituvchi:  Qish fasliga qaysi oylar kiradi?
O’quvchilar: Dekabr, yanvar, fevral.
O`qituvchi:  Qishfasli 3 oydan iborat bo’lib, dekabr oyi 31 kun, yanvar oyi 31 kun, febfal oyi28 kundan iborat ekan.
O’quvchi;  — 90 kun.
O`qituvchi:  — 90 kun juft sonmi, toq sonmi?
O’quvchi: Toq son.
O`qituvchi:   90 sonida nechta o’nlik, nechta birlik bor?
 O’quvchi: -9 ta o’nlik, 90 ta birlik.
O`qituvchi:  — Bu faslda o’lkamizga qaysi qushlar uchib keladi?
 O’quvchi; Qarg’a.( Qarg’a slaydini qo’yish)
O`qituvchi:  Qaysi qushlar o’lkamizda qishlaydi?
 O’quvchi: -chumchuq, musicha, mayna, chittak.
                (qushlar slaydini qo’yish)
 O`qituvchi:  Qarg’a va xakkani engb sevimli ozuqasi nima?
 O’quvchi: -yong’oq mevasi.
   O’quvchilarga yong’oq mevasi haqida ma’lumot berish.
— yong’oq mevasi, mevalar ichida eng serrhosil va inson salomatligi uchun juda foydasi katta. Yong’oq daraxti suvsizlakka ham, sovuqqa ham chidamlidir. Uning mevasi tarkibida vitamin va oqsil va yog’lar mavjud.
  O’quvchilar shu ma’lumotlarni berish orqali topishmoqli tarqatmalarni berish.
          1.Qoshaloq tavoq
             Ichi tola yog’.   (yong’oq)
  1. Chaqolmaysan tezda uni,
                       qattiq po’chog’i chaqsang mag’zi
                       mazali,yog’dir o’chog’i
                                                      (yong’oq)
  1. Dum – dumaloq cho’tir tosh,
                              ichi to’la moyli osh (yong’oq)
  1. Miya kabishaklimbor
                    boshim to’la aqlim bor (yong’oq)
 O’quvchilar berilgan tarqatmani o’qib, javobini topib, archa bezagi sifatida arcaga ilishadi
     Qorqizni sovg’asidan olishadi.
   O’tgan mavzuni mustahkamlash:
     Mana o’quvchilar endi sizlar bilan o’tgan darsimizni mustahkamlab olamiz.
     (Qishki ob- havo haqidagi slaydni ko’rsatish)
     Manitor orqali orqali ko’rinib  turibdiki qish fasli juda ham sovuq bo’lar ekan.
  • Qish ertagi bilan o’tgan darsimizda tanishgan edik. O’rmon hayvonlari qizil ishton, tulkiar, quyonlar, tipratikon qishning mana shunday nsovuq kunlarida bir- birlari bilan uchrashib qolishibdi.
  • Bu ertakni saxna ko’rinishi orqaliyoritib beraman.
  • Rahmat aziz bolajonlar!
  • Qorqiz bugungi saxna ko’rinishidaishtirok etgan o’quvchilarga o’z sovg’angizdan berib chiqing!
          Yangi mavzu: Yangi yil archasiga.
Bugungi yangi mavzuyimiz ham mana shu qish faslida nishonlanadigan“Yangi yil archasida”mavzusidir.
  1. Kamoljonova
        Yangi yil archasiga
Bo`ylari shiftga   yetgan,                      
Igna bargli, ko’k archa
Zar-u marjonlar taqib,  
Yasanishing   o’zgacha.
 
Yangi   yil   bayramida
Qorboboni   kutamiz
Qop   orqalab   kelsa   gar,
Zavqqa   to’lib   ketamiz.
Kichkintoylar   kuylashib,
Atrofingda   aylanar.
Egningdagi   chiroqlar,                  
Kech   kirganda   tovlanar.    
 
Ko’rkam   archa,   ko’k   archa,
Bayramda   bosh   qahramon.
Baland   toglar   oshib   kel,
Uyimizga   bo’l   mehmon.
                 (slayd qo’yish)
  Biz dekabr oyida eng muxim bo’lgan bayramlarni nishonlaymiz. Bular” Konstitutsiya” kuni, 31- dekabr “Yangi yil ” bayramini, 14- yanvar” Vatan himoyachilari ” kuni, 9- fevral «Alisher Navoiy« bobomizni tug’ulgan kunlarini hamda 14-fevral «Zahiriddin Muhammad Bobur« tavallud topgan kunlarini nishonlaymiz.Har yili 8-dekabr «Kanistitutsiya« bayrami kuni muhtaram prezidentimiz tomonidan yillarni yangi nom
 bilan nomlab kelmoqda .
     Qani 2012-yil qanday yil deb e`lon qilindi?
      -2012-yil “Mustahkam oila”yili
      2013-yil qanday nomlandi?
    -2013-yil “Obod turmush ”yili deb nomlandi.
 Mana aziz o`quvchilar bizning mustahkam va obod vatanimizga mana shunday bayramlar yarashadi .Fasllar ichida bolalar uchun eng sevimlisi bu qish faslidir.
Manabu monitor  orqali ko`rinib turibdiki bolalar qish faslida chana   uchishadi,   qor bo`ron o`ynashadi ,qorbobo yasashadi. Hamda “Yangi yil ”bayramini ham nishonlashadi.
  Manabu manitor orqali bugungi mavzuimizni o`qib beraman.
   -O`quvchilarga to`rt qatordan qilib kitobdan o`qitib chiqish.
         Yangi mavzuni mustaxkamlash :
    Qani yana kim yoddan “Qish”haqida “Yangi yil ”haqida she`r aytib beradi.
      Endi sinfimiz o’quvchilarining” Yangi yil” raqsini tomosha qilamiz.
      Rahmat aziz bolalar!
    Endi qorqizning tarqatgan sovg’alarini olgan o’quvchilarni baholaymiz.
      Uyga vazifa:  “ Yangi yil archasiga ” she’rini  yod olish hamda shu mavzuga doir rasm chizib kelish.
0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x