YAMS

YAMS — yamsdoshlar oilasiga mansub bir pallali chirmashib oʻsadigan oʻtsimon oʻsimliklar turkumi, tuganak ildizmevali ekin. Vatani — Myanma. Tropik va subtropik mintaqalarda 250 ga yaqin turi tarqalgan. Gʻarbiy Zakavkazye va Uzoq Sharq oʻrmonlarida Yamsning 2 yovvoyi turi, Kavkazning Qora dengiz boʻylarida tezpishar navlari oʻsadi. Jahon mamlakatlari boʻyicha Yams maydonlari 3,8 mln. ga, hosildorligi 96,03 s/ga, yalpi hosili 36,9 mln. (1999). Janubiy Osiyo, Shim. Amerika mamlakatlarida, Afrikada katta maydonlarda yetishtiriladi. Yamsning koʻp turlari kraxmalga boy boʻlgan yirik tuganaklar hosil qiladi. Tuganaklari oq, qizil, binafsha rangda. Bir tuganagi vazni 2 — 2,5 kg. Koʻpgina mamlakatlarda kartoshka kabi ovqatga ishlatiladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x