YAKUTSK

YAKUTSK — shahar, RF Saxa Respublikasi poytaxti. Lena daryosi boʻyidagi port. Aholisi 210,7 ming kishi (2002). Respublikaning sanoat va madaniyat markazi. Ya. Lena daryosining oʻng sohilida, 1632-yilda ostrog (oʻtkir uchli yogʻochlar bilan oʻralgan qalʼa) sifatida vujudga kelgan. 1642—43 yillarda daryoning chap sohiliga koʻchirilgan. 17 — 18-asrning 1-yarmida Ya. Shim. Sharqiy Sibirning harbiymaʼmuriy va savdo markazi hamda Uzoq Sharqda rus mustamlakachiligining tayanch punkti boʻlgan. Yakutsk aholisini, asosan, ruslar (kazaklar, sanoatchilar, savdogarlar, badargʻa qilinganlar) tashkil qilgan. 1708-yildan Yakutsk Sibir gubernyasida, 18-asr oxiridan Irkutsk gubernyasi tarkibiga kirgan. 1851-yildan Yakutiya viloyati markazi, 1922-yildan Yakutiya Muxtor SSR poytaxti.

20-asr oʻrtalaridan Yakutsk sanoat, ilmiy va madaniy markaziga aylandi. Qurilish materiallari ktlari, kemasozlik, kema taʼmirlash, sut, baliq, pivo, likyoraraq va boshqalar zdlar, yengil sanoat (shu jumladan, koʻnpoyabzal) korxonalari, GRES ishlab turibdi. Unt, bir qancha oʻrta maxsus bilim yurtlari, Rossiya FA Sibir boʻlimining ilmiy markazi, 3 teatr, telemarkaz, 6 muzey, jumladan, tarix — oʻlkashunoslik, adabiyot, Gʻarbiy Yevropa sanʼati, tasviriy sanʼat, olmos muzeylari bor. Meʼmoriy yodgorliklardan Spas monastiri (17-asr), voyevoda kanselyariyasi (18-asr) binolari saqlangan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x