XURMO

XURMO (Diospyros) — xurmodoshlar oilasiga mansub subtropik daraxt yoki butalar turkumi, ekiladigan meva daraxti. Tropik va subtropik mintaqalarda 500 ga yaqin turi uchraydi. Xitoy, Yaponiya, Oʻrta dengiz boʻyi mamlakatlari, Avstraliya, AQSH, Kavkaz, Oʻrta Osiyoda ekiladi. Mevasi uchun, asosan, sharq X., sovuqqa chidamli virginiya X. si (D. virginiana), shuningdek, Kavkaz X. si (D. lotus) oʻstiriladi. Oʻzbekistonda ekiladigan sharq Xurmosi (D. kaki Tpip.)ning vatani — Xitoy. Daraxti 8—12 m, chiroyli, shoxshabbasi dumaloq yoki piramidasimon. 100 —400-yil, baʼzan undan ham koʻproq yashaydi, lekin 50 — 60 yilgacha yaxshi meva beradi. X. —15, —20° gacha sovuqqa chidaydi, yorugʻsevar oʻsimlik. Bargi yirik tuxumsimon, usti toʻq yashil, orqasi tukli, ketmaket joylashgan, toʻkilish oldidan qizgʻish rangga kiradi.

Guli bir, baʼzan ikki jinsli. Apr. — mayda gullaydi, okt. — noyab. da pishadi. Mevasi turli shakdda (500 g gacha). X. tarkibida qand, S vitamini, protein, temir tuzlari, oqsil, oshlovchi moddalar va b. bor. Mevasi 2 —3 oy sakdanadi, yangiligida hamda quritilgan holda isteʼmol kilinadi, qandolatchilik sanoatida ishlatiladi, likyor, vino, jem tayyorlanadi. X., asosan, payvandlash yoʻli bilan koʻpaytiriladi. Koʻchati kuzda yoki bahorda 8×6 va 6×6 m sxemada ekiladi. Kumli, shagʻalli shoʻr yerlarni yoktirmaydi. 3—4yili hosilga kiradi, 10—12 yoshida toʻliq hosil bera boshlaydi. Bir tup daraxti 250 kg gacha hosil beradi. Oʻsuv davrida yer sharoitiga qarab 10 —12-marta sugoriladi; oʻgʻitlanadi, atrofi yumshatib turiladi. Xurmo NING Oʻzbekistonda tarkalgan va Surxondaryo, shuningdek, Navoiy, Namangan, Samarqand viloyatlari uchun rnlashtirilgan asosiy navlari — Vaxsh, Xiakume, Zendjimaru, Tojikiston, va b.

Ad.: Kulkov O. P., Muxamedzyanov Sh. 3., Oʻzbekistonning subtropik oʻsimliklari,T., 1968; Jivotinskaya S., Vostochnaya xurma v Uzbekistane, T., 1989.

Rixsivoy Joʻrayev.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x