XULM

XULM — oʻrta asrlarda Toxaristonta tobe boʻlgan qad. shahar. Balxning sharkiy tarafida, Amudaryodan 6 farsax narida, Hindukush togʻidan oqib keladigan X. soyi boʻyida joylashgan. Uning xarobalari Toshqoʻrgʻon sh. (Shim. Afgʻoniston)ning shim. gʻarbiy tarafida boʻlgan. 7-a. da xitoy sayyoxi Syuan Szan Toxaristondagi Xulin yoki Xuyenmo mulkini qayd etib oʻtgan. U yerda 10 ta budda monastiri va 500 ga yaqin rohib boʻlgan. X. shahri 706-y. arablar tomonidan bosib olinib, vayron etilgan, lekin tez orada qayta tiklangan. 737-y. X. da arablarning qoʻrikchilari joylashgan. 9-a. da shaharda jome masjidi boʻlgan; arablarning azdiy, bakr, tamim va qays qabilalari yashagan. 10-a. da X. kichik shahar boʻlsada, koʻplab qishloklari va ekinzorlari boʻlgan keng rustoqqa ega edi. Mahmud ibn Valinyang yozishicha, Xulmning havosi toza boʻlib, ertayu kech tinmaydigan shamol esgan, uni «X. shamoli» deb atashgan. 10-a. da X. daryosidan shahar atrofini sugʻorish uchun kanallar chiqarilgan. 15-a. da temuriylar davrida Xulmning pul zarb etiladigan oʻz zarbxonasi boʻlgan. 17-a. da X. Balx viloyatining eng asosiy shaharlaridan hisoblangan. 18-a. da Xulmning jan. sharqida Toshqoʻrgʻon sh. ga asos solingan, u Hindistondan Buxoroga keladigan savdo yoʻlida muhim ahamiyatga ega boʻlgan. Keyinchalik X. astasekin tanazzulga uchrab, 19-a. ning 2-yarmida tashlandiq holga kelgan.

Ad.: Kamaliddinov Sh. S., Istoricheskaya geografiya Yujnogo Sogda i Toxaristana po araboyazыchnыm istochnikam IX — nachala XIII vv., T., 1996.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x