XOVRENKO Mixail Aleksandrovich

XOVRENKO Mixail Aleksandrovich (1866.17.3, Stepanakert sh. 1940. 24.11, Toshkent) — vinoshunos-kimyogar olim. Oʻzbekistonda vino sanoati tashkilotchilaridan biri. Moskva oliy texnika bilim yurtini tugatgan (1892). «Magarach»da kimyogarvinochi, 1909-y. dan Moskva q. x. intida oʻqituvchi, prof. (1912). 1927-y. da «Oʻzbekvino» trestida bosh vinoshunos va Oʻrta Osiyo universitetida (Samarqand) prof. Kagor tipidagi va b. vinolar i. ch. texnologiyasini soddalashtirishga imkon beruvchi «rozenshteynxovrenko usuli»ni taklif qilgan; portveyn va madera tayyorlashda vinolarni issiq (haroratda saklab) yetiltirish texnologiyasini ishlab chiqqan va bu usul korxonalarda ommaviy tarzda qoʻllanila boshlandi. X. Oʻzbekistonda uzumchilik va vinochilik rivojiga katta hissa qoʻshdi. Oʻzbekistonda ishlab chikariladigan bir qancha vinolar, jumladan, likyor tipidagi markali «Oʻzbekiston» va markali «Hosilot» vinolari muallifi. 1940-y. dan Samarkand sharov kombinatы uning nomi bilan atalgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x